Sirdaryo viloyatining 2023 yil uchun mahalliy byudjet daromadlari 2 067 mlrd. so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu daromadlarning 47 foizi (980,6 mlrd. so‘m) viloyat mahalliy byudjeti daromadlari hisobidan, 53 foizi (1 086,2 mlrd so‘m) respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar hisobidan qoplanishi rejalashtirilgan.
2023 yilda Yalpi Hududiy Mahsulot 22,29 trln.so‘m bo‘lishi reja qilinib, 2022 yilga nisbatan 6 foizga o‘sishi ko‘rsatib o‘tilgan. Viloyatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblangan sanoat sohasining o‘sish sur’ati 2023 yilda 109,1%, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari sohasining o‘sish sur’ati 103,3% hamda xizmat ko‘rsatish sohasining o‘sish sur’ati 106,6% bo‘lishi rejalashtirilgan.
Viloyat byudjetining daromad qismi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (51%), yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (13%), noruda qurilish materiallari uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (8%), jarimalar (7%), aksiz solig‘i (7%), davlat bojlari (6%), yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i (4%) va boshqa daromadlar hisobidan shakllanadi.
2023 yilda viloyat mahalliy byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘ miqdori 2 066,7 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Eng ko‘p mablag‘ oluvchi tashkilotlar – Sog‘liqni saqlash sohasi (40%), Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (7%), Prezident ta’lim muassasalari (5%), “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi va tashabbusli byudjet uchun (5%), Xalq ta’limi boshqarmasi (5%), , Sport (3%) va Madaniyat boshqamasi (1%) hisoblanadi.
Izoh qoldirish