Infografika: O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik

Infografika: O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik

Joriy yilning 4-5 mart kunlari Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

O‘zbekistonning Gruziya bilan savdosi

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida “Erkin savdo bitimi” imzolandi (1995 y).

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik ijobiy dinamikaga va yanada rivojlantirish uchun amalga oshirilmagan salohiyatga ega.

2017-2024 yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 89,1 mln dollardan (2017 yilda) 325,7 mln dollarga (2024 yilda) 3,7 barobar oshdi.

2024 yilda tovar ayirboshlash 46,5%ga oshib, 325,7 mln dollarni (2023 yilda – 222,3 mln dollar), eksport 8,7%ga oshib, 72 mln dollarni (2023 yilda – 66,2 mln dollar), import 62,5%ga oshib, 253,7 million dollarni tashkil etdi (2023 yilda – importning asosiy qismi – 15,1 mln dollar).

2024 yilda Gruziyaga eksport qilingan tovarlar ro‘yxati — sanoat mahsulotlari (mis sim, metall prokat, elektrotexnika mahsulotlari) — 36,5 mln dollar, oziq-ovqat mahsulotlari (dukakli sabzavotlar, mevalar, tamaki) — 22 mln dollar, kimyoviy mahsulotlar (polimerlar, o‘g‘itlar) — 5,3 mln dollar, shuningdek, xizmatlar (yo‘lovchilarni tashish) — 7,2 mln dollarni tashkil etdi.

Gruziyadan import qilingan tovarlar — kimyoviy mahsulotlar (dori preparatlari) — 162,3 mln dollar, oziq-ovqat mahsulotlari (mevalar, yong‘oqlar, mineral suv) — 30,8 mln dollar, tayyor buyumlar va jihozlar (tibbiyotda qo‘llaniladigan turli xil asboblar va moslamalar) — 21,6 mln dollar, shuningdek xizmatlar (savdo, kompyuter xizmatlari) — 34 mln dollarni tashkil etdi.

Investitsiyaviy hamkorlik

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik ishga solinmagan ulkan salohiyatga ega. O‘zbekistonda Gruziya investitsiyalari ishtirokidagi 69 korxona ro‘yxatga olingan.

2017-2024 yillar davomida Gruziyaning O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari va kreditlarining umumiy hajmi 4,6 mln dollarni tashkil etdi.

O‘zaro savdo istiqbollari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi savdo aloqalari O‘zbekistonning Gruziya bozoriga, xususan, qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik, charm-poyabzal mahsulotlari, avtomobillar, elektrotexnika tovarlari va kimyo mahsulotlari eksport turi va hajmini kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjud.

Bundan tashqari, Gruziya Yevropa va Turkiya mamlakatlari bozorlariga tovarlarni yetkazib berish uchun Transkaspiy (O‘rta) xalqaro transport yo‘nalishining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar