Joriy yilning 1 iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining ipoteka portfeli 30,8 trln. so‘mni tashkil etdi, bu esa 2020 yil boshiga nisbatan 10,5 trln. so‘mga ko‘pdir (20,3 trln. so‘m).
2019 yilning yanvar oyida bu ko‘rsatkich 13,8 trln. so‘mga teng bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati xabar berdi.
Ularning asosiy qismi-2,44 trln. so‘m Moliya vazirligi mablag‘lariga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekistonning Ipoteka qayta moliyalash kompaniyasi hisobiga berilgan kreditlar 584,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Tijorat banklari tomonidan 497,8 mlrd. so‘mlik uzoq muddatli kreditlar berildi.
25,3 mingdan ortiq fuqaro uy-joy sotib olish uchun kredit oldi, barcha mablag‘larning 81 foizi (2,86 trln.so‘m) birlamchi bozorda xonadonlar sotib olish uchun berildi.
Eng ko‘p kreditni Farg‘ona (328,2 mlrd.so‘m), Andijon (294,3 mlrd. so‘m) va Samarqand viloyatlari (276,3 mlrd. so‘m) aholisi oldi.
Izoh qoldirish