Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad EIZ rezident-korxonalariga birja savdosi va elektron tijoratning bozor vositalaridan foydalangan holda o‘z mahsulotlarini sotishda ko‘maklashishdan iboratdir.
Erishilgan kelishuvlar ko‘ra erkin iqtisodiy zonalarining Direksiyalari bilan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishni, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining savdo platformalari orqali erkin iqtisodiy zonalarining rezident-korxonalarining mahsulotlarini ichki va tashqi tovar bozorlarga olib chiqish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Xususan, birjaning yarmarka.uzex.uz ko‘rgazma-yarmarka savdosi elektron tizimida EIZ korxonalari uchun ixtisoslashgan raqamli savdo platformasi ishlab chiqildi va joriy etildi.
Ixtisoslashgan elektron savdo tizimida korxonalar o‘z mahsulotlarini bozor narxlarida onlayn tarzda sotish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, bu esa mijozlarni qamrab olish ko‘lami va mahsulotlarni yetkazib berish geografiyasini sezilarli darajada kengaytiradi. Alohida ixtisoslashgan savdo platformasining yaratilishi xaridorlarga erkin iqtisodiy zonalarining tovar ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini tezkor va osonlik bilan izlab topishga imkon beradi. Bunda savdo ishtirokchilari birjaning hisob-kitob kliring palatasi orqali tuzilgan bitimlarning ijrosini kafolatlash mexanizmidan ham erkin foydalanishlari mumkin. Kafolatlash mexanizmi savdo ishtirokchilarining o‘zaro ishonchini ta’minlaydi va tomonlarning shartnomaviy intizomini mustahkamlaydi.
Shu bilan birga, onlayn savdolarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Bu esa savdo operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan tranzaksion xarajatlarni kamaytiradi. Kelajakda ushbu loyihani elektron davlat xaridlari tizimi bilan integratsiyalash ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish