Jizzax viloyatining doimiy aholisi soni 2024 yil yanvar-iyun holatiga 1 521,9 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 14,5 ming kishiga yoki 101%ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 714,2 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 46,9%), qishloq aholisi soni 807,7 ming kishi (53,1%)ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida eng ko‘p aholi soni Sh.Rashidov tumanida 245,7 ming kishini (viloyat aholisi sonidagi ulushi 16,1%ni) va Jizzax shahrida 197,8 ming kishini (13%), aksincha eng kam aholi soni Yangiobod tumanida 30 ming kishini (2%) va Arnasoy 49,1 ming kishi (3,2%)ni tashkil etdi.
3518 kishi nikoh qayd etgan bo‘lib, har 1000 aholiga 4,7 promilleni tashkil etdi hamda o‘tgan yilga nisbatan 0,1 promillega kamaydi. 841 kishi nikohdan ajrimlar qayd etgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koyeffitsiyenti 1,1 promilleni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 0,1 promillega kamayish kuzatildi.
Eng ko‘p ajrimlar Jizzax shahrida 178 ta (har ming kishiga – 1,8) va Sh.Rashidov tumanida 125 ta (1), aksincha eng kam ajrimlar Yangiobod tumanida 10 ta (0,7) va Zafarobod (1) hamda Do‘stlik (0,7) tumanlarida 26 tadan tashkil etdi.
2024 yil yanvar-iyun holatiga 18,6 ming nafar bola (har ming aholiga – 24,7) tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib (2023 yilga nisbatan 2,1 promillega kamaygan), shundan eng ko‘p tug‘ilishlar Sh.Rashidov 3 323 nafar (har ming kishiga – 27,3) va G‘allaorol 2 535 nafar (27,1) tumanlarida, aksincha eng kam tug‘ilishlar Yangiobod 280 nafar (18,8) hamda Mirzacho‘l tumanlarida 511 nafar (18,5)ni tashkil etdi.
Qayd etilgan o‘limlar soni 2 962 ta bo‘lib, har ming aholiga o‘lim koyeffitsiyenti 3,9 promilleni tashkil etdi va 2023 yilning mos davriga nisbatan 0,5 promillega kamaydi.
O‘limning asosiy sabablari bo‘yicha: qon aylanishi tizimi kasalliklaridan- 1 582, o‘simtalardan-278, nafas olish a’zolari-270, baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan-236, ovqat hazm qilish a’zolari-146, yuqumli va parazitar kasalliklardan-35, boshqa kasalliklardan-415.
Viloyat bo‘yicha doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar 3 297 kishi, har 1000 aholiga ko‘chib kelish koyeffitsiyenti 4,4 promilleni tashkil yetib, o‘tgan yilga nisbatan 0,3 promillega oshgan. Doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar 4 510 kishi, har 1000 aholiga ko‘chib ketish koyeffitsiyenti 6 promilleni tashkil yetib, o‘tgan yilga nisbatan 0,4 promillega oshgan.
Izoh qoldirish