2023 yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 3 652 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,7% ga oshdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 262,4 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 7,2%ni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 135,9%ga o‘sdi), kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 3 389,6 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 91,2%ni (o‘sish sur’ati 102,9%), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 996,4 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 27,2%ni (o‘sish sur’ati 101,9%) tashkil etdi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 520,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 101%ga o‘sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 138,3 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 9,1%ni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 54,7%ga kamaygan), kichik biznes va mikrofirmalarning tovar aylanmasi 1 382,6 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 90,9%ni (o‘sish sur’ati 110,3%) tashkil etdi.
O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 462,1 ming so‘mni (2022 yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan 102,4%) tashkil etdi.
Shahar va tumanlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Jizzax shahrida 4 491,6 ming so‘m, Paxtakor tumani 3 450,6 ming so‘m hamda Mirzacho‘l tumani 2 431,0 ming so‘m, eng past ko‘rsatkichlar Zafarobod tumanida 1 571,8 ming so‘m va Arnasoy tumanida 1 625,1 ming so‘mni tashkil etdi.
Izoh qoldirish