Jizzax viloyati ijtimoiy sohasining 2023 yil yanvar-dekabr holati

Jizzax viloyati ijtimoiy sohasining  2023 yil yanvar-dekabr holati

2023 yil yakuni bilan jami 1 539 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) mavjud bo‘lib, jumladan davlat MTTlar – 235 ta, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi MTTlar – 79 ta, oilaviy MTTlar – 1 213 ta, xususiy MTTlar – 12 ta.

Jizzax shahri 172 ta (qamrov darajasi 73,1%), jumladan davlat MTTlar – 33 ta, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi MTTlar – 8 ta, oilaviy MTTlar – 121 ta, xususiy MTTlar – 10 ta, Sh.Rashidov tumani 256 ta (69,4%), jumladan davlat – 26 ta, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi MTTlar – 19 ta, oilaviy MTTlar – 210 ta, xususiy MTTlar – 1 ta, G‘allaorol tumani 269 ta (76%), jumladan davlat – 16 ta, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi MTTlar – 10 ta, oilaviy MTTlar – 243 tani tashkil etdi.

Jizzax viloyatidagi umumta’lim muassasalari soni 564 tani tashkil etib, shundan 6 tasi nodavlat maktablar (2018 yilga nisbatan 20 taga ko‘paygan).

Nodavlat maktablar Jizzax shahrida 4 ta, Zomin tumanida 1 ta, Sh.Rashidov tumanida 1 tani tashkil etdi.

Musiqa maktablar viloyat bo‘yicha 15 ta bo‘lib, Jizzax va Zomin shaharlarida 2 tadan bo‘lib, qolgan tumanlarda 1 tadan joylashgan.

Kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar soni 34 (2021 yilda 16 ta) tani, shundan Jizzax shahri 4 ta (1 ta), Sh.Rashidov tumani 4 ta (2 ta), G‘allaorol tumani 5 ta (2 ta), Baxmal tumani 5 ta (2 ta), Zomin tumani 5 ta (1 ta) va Paxtakor tumani 3 ta (1 ta) tani tashkil etdi.

Viloyatdagi jami sport inshootlari soni 3 059 ta, shundan Jizzax shahrida 473 ta, Zomin 348 ta, Baxmal 279 ta va G‘allaorol 283 tani tashkil etdi.

Oliy ta’lim tashkilotlari (oliy harbiy ta’lim tashkilotlaridan tashqari) sonining tahlili ularning 2021/2022 – o‘quv yilida (4 ta) 2020/2021 – o‘quv yiliga nisbatan (3 ta) 1 taga o‘sganini ko‘rsatmoqda. (+21,3%). 2023/2024 yilda 5 tani tashkil etdi.

Viloyatda teatrlar soni 2 tani tashkil etib, Jizzax shahrida joylashgan.

Jizzax viloyatida muzeylar soni 1 ta (6 ta filial)ni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 2 taga ko‘paydi.

Jizzax viloyatida Madaniy meros ob’yektlari soni 427 tani, shundan Jizzax shahri 32 ta, Sh.Rashidov tumani 50 ta, G‘allaorol tumani 71 ta, Baxmal tumani 68 ta, Zomin tumani 109 ta va Forish tumani 34 ta tani tashkil etdi.

Madaniyat markazlari soni 34 tani, shundan Jizzax shahri va Zomin hamda G‘allaorol tumanilarida 3 tadan tashkil etdi.

Istirohat bog‘lari va dam olish markazlari soni 9 ta, shundan Jizzax shahrida 3 ta, Zominda 1 tani tashkil etdi.

Tibbiyot muassasasi soni 356 ta, shundan Jizzax shahrida 131 ta (koykalar soni – 2 440 ta, qatnov (ming) – 1193,3), Zomin tumanida 38 ta (1063 ta, 522,7) va G‘allaorol tumanida 33 ta (431 ta, 645,9).

Viloyatda har 10 ming kishiga vrachlar soni – 15,2 ta), shundan yuqori ko‘rsatkichlar Do‘stlik tumanida 12,3 , Mirzacho‘lda 11,7 va Forishda 11,3.

Saibov Farrux Farxodovich

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar