2023 yil 1 oktyabr holatiga iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 9 977 ming so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 122,9%), Axborot va aloqa 7 457 ming so‘m (164,9%), Tashish va saqlash 5 255 ming so‘m (153,1%), Qurilish 4 083 ming so‘m (194,1%) va Sanoat 3 840 ming so‘mni (129,1%) tashkil etib, past ko‘rsatkichlar Savdo 2 966 ming so‘m (90,7%), Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi 2 924 ming so‘m (121,2%), Ta’lim 2 848 ming so‘mni (117,9%) tashkil etdi.
Sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining yuqori ko‘rsatkichlari elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (5 998 ming so‘m), ishlab chiqarish sanoati (3 511) hamda past ko‘rsatkichlari tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (1 193) va suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘i (2 083)da kuzatildi.
Sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari G‘allaorol (7 240,4 ming so‘m), Zafarobod (7 117,9), Zarbdor (3 896,2) tumanlari hamda Jizzax shahri (3 642,7)da kuzatildi.
Qurilish faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Do‘stlik (9 856,3 ming so‘m), Zafarobod (9 829,3) tumanlari hamda Jizzax shahri (4 538,8)da qayd etildi.
Savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Baxmal tumani (3 106,4 ming so‘m), Jizzax shahri (2 931,4) hamda Do‘stlik (2 725,4) tumanida qayd etildi.
Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi G‘allaorol (9 106) hamda Jizzax shahri (2 227)da kuzatildi.
Axborot va aloqa faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (7 804,9 ming so‘m), G‘allaorol (4 194,3), Forish (3 670,2), Zarbdor (2 500) hamda Paxtakor (2 479,2) tumanlarida kuzatildi.
Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Jizzax shahri (10 084,4), Yangiobod (8 859,7) hamda Do‘stlik (3 351,3) tumanlarida kuzatildi.
Ta’lim sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (3 917,6 ming so‘m), Zarbdor (2 996,2), nisbatan past ko‘rsatkichlari Yangiobod (2 176,1), G‘allaorol (2 271,3), Zafarobod (2 291,4), Paxtakor (2 411,9) hamda Forish (2 540,7) tumanlarida kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (3 216,4 ming so‘m), Paxtakor (3 159,4), Zomin (3 155,3), Zafarobod (3 114,8) va Mirzacho‘l (2 928,4) tumanlarida kuzatildi. Shu bilan bir qatorda, viloyatning ba’zi tumanlari sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichi viloyat darajasidan past bo‘ldi. Jumladan, Forish (2 375,9 ming so‘m), Zarbdor (2 474,7), Yangiobod (2 501,6) hamda Baxmal (2 579,7) tumanlarida qayd etildi.
Izoh qoldirish