Bugungi kunda viloyatda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali, 13 ta subfilial, 49 ta tez tibbiy yordam shoxobchalari faoliyat olib bormoqda, birinchilar qatorida “Call center” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Aholini, jumladan, viloyat chekka va olis hududlarida yashovchi fuqarolarga tez tibbiy yordam xizmati bilan qamrab olish borasida joriy yilning aprel oyida Baxmal tumanida tuman markazidan 80 km masofa uzoqlikda joylashgan “Muzbuloq” qishloq fuqarolar yig‘inida “Muzbuloq” oilaviy shifokorlik punktida tez tibbiy yordam brigadasining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Joriy yil yakuniga qadar qo‘shimcha 4 ta tez tibbiy yordam brigadasining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Viloyatda tez tibbiy yordam tizimida jami 125 ta, shundan, 96 ta “Damas”, 17 ta “Hunday”, 4 ta “Nissan”, 3 ta “Toyota”, 5 ta “Volkswagen Caddy” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinalari xizmat ko‘rsatmoqda. Barcha avtomashinalar GPS qurilmalari bilan ta’minlangan. Foydalanilganiga 8 yildan ortiq bo‘lgan avtotransportlar 29 tani tashkil etadi.
Joriy yilning o‘tgan davri davomida 5 dona “Volkswagen Caddy” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinalari olib kelinib, yil yakuniga qadar qo‘shimcha 15 dona ushbu rusumdagi tez tibbiy yordam avtomashinalari bilan ta’minlanadi.
Tez tibbiy yordam brigadalarida faoliyat yuritayotgan avtotransport vositalarida 16 dona IVL, 16 dona mexanik otsos, 16 dona defibrlyator, 77 dona EKG tibbiy jihozlari bilan ta’minlangan. (47 dona EKG, 124 dona Glyukometrga ehtiyoj mavjud.)
Tez tibbiy yordam xizmatiga 2021 yilda 496 024 ta, 2022 yilning birinchi choragida 117 585 ta chaqiriqlar kelib tushib, 2021 yilda 5 249 ta (1,05%), 2022 yilda 1-choragida 1 283 ta (1,1%) chaqiriqlar kechikib bajarilgan. Kechikib bajarilgan chaqiriqlar tahlil qilinganda kechki kunlik chaqiriqlarning 50-60% 18:00 dan 02:00 gacha kelib tushishi, surunkali kasalliklari bor bemorlar tomonidan bir kunda 2 va undan ortiq chaqiriqlar tushishi kuzatilgan.
Toshkent shahar tajribasi asosida 2021 yil dekabr oyida 76 nafar tez tibbiy yordam xodimlari malakasini oshirish uchun o‘quv kursiga jalb qilindi. Joriy yilning 6-20 may kunlari yana 50 nafar tez tibbiy yordam xodimlari malaka oshirishi uchun o‘quv-seminarini tashkil etish belgilangan.
Izoh qoldirish