Infografika: 2022 yilda Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichi

Infografika: 2022 yilda Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jizzax filiali tomonidan 2022 yil davomida Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlandi.

2022 yil davomida Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasi 688 mln. dollar bo‘lib, shundan 71 foiz – 488,5 mln. dollar import va 29 foiz – 199,5 mln.dollar eksportga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida -289 mln. dollar salbiy saldoga ega bo‘ldi.

Jizzax viloyati bilan eng ko‘p tashqi savdo aylanmasi 167,6 mln. dollar bilan Janubiy Koreya bilan bo‘lib, 167,5 mln.dollar import va 0,1 mln doll. eksportni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (167,4 mln.doll.), Rossiya (107,5 mln.doll.), Turkiya (78,5 mln.doll.) davlatlari turadi.

2022 yil davomida hududda sanoat mahsulotlari eksporti 97,7 mln. dollar, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 54,4 mln dollar, har xil tayyor mahsulotlar 21,4 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar eksporti 14,8 mln.dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari eksporti 6,3 mln. dollarni tashkil etdi.

Ushbu davrda mashina va transport uskunalari importi 351,3 mln. dollar, oziq-ovqat mahsulotlari 47,7 mln. dollar, sanoat mahsulotlari 36,3 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar 33,3 mln. dollar, har xil tayyor mahsulotlar 7,8 mln. dollarni tashkil etdi.

Viloyatda amalga oshirilgan eksportning 42,2 foizi Jizzax shahri, 11 foizi Zarbdor, 8,3 foizi Paxtakor, 6,3 foizi Do‘stlik tumanlaridan amalga oshirildi.

Importning 37,3 foizi G‘allaorol tumaniga, 25,9 foizi Jizzax shahriga to‘g‘ri keladi.

Feruz Raximov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar