Respublikamiz bo‘ylab banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 911 trln. so‘mni tashkil etib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 60 foizga oshgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.
Masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 16 mln. dan oshib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 mln. ko‘proq mijozlar bank xizmatlaridan masofaviy foydalana boshladi.
O‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni esa 12 217 tani tashkil etib, o‘tgan yilning 1 iyun holatiga nisbatan 1 370 taga yoki 13 foizga oshgan.
Izoh qoldirish