Joriy yilning 10 oyida O‘zbekistonga qancha sitrus mevalar import qilingani bo‘yicha ma’lumot berildi

Joriy yilning 10 oyida O‘zbekistonga qancha sitrus mevalar import qilingani bo‘yicha ma’lumot berildi

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning 10 oyida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan import qilingan sitrus mevalar haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, bu davr mobaynida respublikaga keltirilgan sitrus mevalar va ularning qiymati quyidagicha:

  • Banan — 17,6 million dollarga teng 26,5 ming tonna;
  • Avokado — 21,6 ming dollarga teng 30,2 tonna;
  • Ananas — 258,1 ming dollarga teng 382,4 tonna;
  • Mandarin — 3,5 million dollarga teng 22,4 ming tonna;
  • Apelsin — 1,7 million dollarga teng 2,7 ming tonna.

Qo‘mita 2020 yilning 11 va 12 oyi yakunlari bo‘yicha mazkur mevalarning importiga oid alohida yangiliklar berilishini bildirgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar