Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) respublikadagi korxonalar o‘rtasida navbatdagi so‘rovnomani o‘tkazdi. Aprel oyida ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda 1000 dan ortiq korxona ishtirok etdi: biznesning hozirgi holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning kelgusi uch oy davomida o‘z biznesini rivojlantirish istiqbollariga bo‘lgan umidlari.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, joriy yilning aprel oyida qishloq xo‘jaligida ishbilarmonlik muhitining umumiy ko‘rsatkichi bo‘yicha sezilarli o‘sish qayd etildi (+20%). Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida biznesning hozirgi holati ko‘rsatkichi 10 punktga oshdi va kutish ko‘rsatkichining eng sezilarli o‘sishi (+29%) qishloq xo‘jaligida ham kuzatilmoqda. Shunday qilib, qishloq xo‘jaligi sektori xavf-xatar va shoklarga nisbatan eng barqaror xarakterga ega bo‘lib, hukumat tomonidan sohada olib borilayotgan islohotlar uning samaradorligini oshiradi, deb hisoblaydi ekspertlar.
Joriy yilning mart oyi bilan taqqoslaganda, ishbilarmonlik muhitining umumiy ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qoldi va 54 punktni tashkil etdi, bu mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitining holatini ijobiy deb baholaydi.
Tarmoq kontekstida qishloq xo‘jaligidagi ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi 61 punktni, xizmat ko‘rsatishda - 55 punktni (2022 yil mart oyida – 59 punkti), qurilish – 51 punktni (2022 yil mart oyida – 56 punkt) va sanoat – 48 punktni (2022 yil mart oyida – 50 punkt) tashkil etdi.
Tanlamada Jahon bankining "Enterprise Survey" tarmoqlaroro stratifiqatsiyalash metodologiyasidan foydalanilgan.
Ishbilarmonlik muhitining umumiy indikatoridagi o‘zgarishlar indikatorning quyidagi tarkibiy qismlariga tuzatishlar bilan bog‘liq:
Ishbilarmonlik muhitining joriy holat ko‘rsatkichi 33 punktni tashkil etdi, bu tadbirkorlarning o‘z biznesining hozirgi holatiga nisbatan ijobiy kayfiyatini tavsiflaydi.
O‘z biznesining hozirgi holatini yaxshi deb qayd etgan respondentlarning ulushi 33%ni tashkil etdi. So‘nggi 3 oy ichida biznesning holati qanday o‘zgarganligi haqidagi savolga, tadbirkorlarning 32% – yaxshilandi, 51% – o‘zgarmadi va 17% – yomonlashdi deb javob berdi.
41% korxonalarda tovar/xizmatlarga bo‘lgan talab yaxshilandi, xodimlar soni esa 23% korxonalarda oshdi.
Qishloq xo‘jaligidagi hozirgi holat ko‘rsatkichi 43 punktni, xizmat ko‘rsatishda – 34 punktni, sanoatda – 20 punktni va qurilishda – 34 punktni tashkil etdi.
Biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutish ko‘rsatkichi 78 punktni tashkil etdi, bu esa tadbirkorlarning kelgusi 3 oy davomida biznesni rivojlantirish istiqbollari haqidagi umidlarini optimistik deb aks ettiradi.
Tadbirkorlarning 81% o‘zlarining biznes istiqbollari yaxshilanishiga ishonishadi. 73% korxonalarda tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab yaxshilanishi, respondentlarning 65% ishchilar sonining ko‘payishini kutmoqda.
Tadbirkorlarning 35% tovarlar/xizmatlar narxi keyingi 3 oy ichida o‘zgarmaydi deb ishonadi, 30% respondentlar narxlar ko‘tarilishini, 28%i o‘z tovarlar/xizmatlar narxi yaqin kelajakda qanday o‘zgarishini bilishmaydi va 6%i narxlar pasayadi deb taxmin qilishmoqda.
Tarmoqlar kesimida ishbilarmonlik faoliyatining istiqbollarini kutish ko‘rsatkichi: qishloq xo‘jaligi – 80 ball, sanoat – 79 ball, qurilish – 70 ball va xizmatlar – 77 ball.
Umuman olganda, mavjud vaziyat va istiqboldagi kutilmalar o‘rtasidagi bog‘liqlik shuni anglatadiki, tadbirkorlik sub’yektlarining taxminlariga ko‘ra, iqtisodiyotni ijobiy rivojlantirish tendensiyasi keyingi 3 oy ham davom etadi.
So‘rovda ishtirok etgan tadbirkorlar orasida 37% tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda hech qanday to‘siq yo‘qligini ta’kidladilar.
Ishbilarmonlik muhiti indikatorining dinamikasi
Tarmoqlar kesimida ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi dinamikasi
Feruzbek Davletov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish