«Katta yettilik» (G7) ning navbatdagi sammiti davlat rahbarlarining ishtirokida o‘tkaziladi

«Katta yettilik» (G7) ning navbatdagi sammiti davlat rahbarlarining ishtirokida o‘tkaziladi

Buyuk Britaniya joriy yil 11-13 iyun kunlari «Katta yettilik» (G7) sammiti davlat rahbarlarining ishtiroki bilan o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

«Deutsche Welle»da qayd etilishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bayonotida keyingi taxminan ikki yilda davlat rahbarlari ilk marta yuzma-yuz muloqot qilishini eslatgan.

Mazkur sammit Angliya janubi-g‘arbidagi Kornuolle hududidagi Karbis Bey shaharchasida o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu vaqtga kelib AQSh prezidentligiga kirishganiga yarim yil bo‘luvchi Jo Bayden sammitda ilk marta qatnashsa, Germaniya kansleri Merkelning bunday forumdagi oxirgi ishtiroki bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, “Katta yettilik” (G7) xalqaro klub maqomiga ega bo‘lib, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Germaniya va Yaponiyani o‘z ichiga oladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar