Kirakashlik bilan shug‘ullanayotganlar nima uchun o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kiritilmaganiga izoh berildi

Kirakashlik bilan shug‘ullanayotganlar nima uchun o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kiritilmaganiga izoh berildi

«Ushbu masala juda ham muhim va dolzarb hisoblanadi. Barcha hududlarda taksi xizmatini ko‘rsatuvchi fuqarolar ko‘p. Ularning faoliyatiga qonuniy sharoit yaratilsa, ularning ijtimoiy muammolari ham hal bo‘ladi.

Lekin kirakash o‘zini o‘zi band qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, aholining xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masala yuzaga keladi. Ya’ni, aholi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga qo‘yiladigan talablarni har birb o‘zini o‘zi band qilgan kirakash ham bajarishi kerak degan masala ko‘tarilgan va 67talik ro‘yxatdan chiqarib tashlangan.

Lekin bu degani bu borada ish to‘xtab qoldi, degani emas. Ushbu masala bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tuzilgan hamda maqbul yechim izlanyapti. Lekin bu voqea qachon ro‘y berishi haqida aniq javob ayta olmayman», — dedi Umarov.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar