Ko‘chmas mulk ob’yektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi o‘zgartirildi.
Hukumat qarori (306-son, 18.05.2021 y.) bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Qarorga muvofiq, ko‘chmas mulk ob’yektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmati uchun undiriladigan yig‘im miqdori yangilandi.
Bunda ko‘chmas mulkning umumiy maydoniga qarab quyidagi narxlar belgilandi:
-100 kv metrgacha – BHMning 1 baravari (ilgari mazkur narx BHMning 1,25 baravari miqdorida bo‘lgan)
- 100 kv metrdan 1000 kv metrgacha – ob’yektning 1 kvadrat metr maydoni uchun BHMning 1,15 foizi (ilgari ob’yektning 1 kv metr maydoni uchun BHMning 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda hisoblangan).
- 1000 kv metrdan 5000 kvadrat metrgacha – BHMning 17,25 baravari (ilgari BHMning 15 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda hisoblangan).
- 5 ming kv metrdan 15 ming kvadrat metrgacha – BHMning 34,5 baravari (ilgari BHMning 30 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda hisoblangan)
- 15 ming kv metrdan 50 ming kvadrat metrgacha – BHMning 57,5 baravari (ilgari BHMning 50 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda hisoblangan).
- 50 ming kv metrdan ortiq bo‘lgan – BHMning 80,5 baravari (ilgari BHMning 70 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda hisoblangan).
Izoh qoldirish