Koronavirusga chalinganlarning to‘rt nafari og‘ir ahvolda

Koronavirusga chalinganlarning to‘rt nafari og‘ir ahvolda

O‘zbekistonda 25 mart 9:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 55 nafarga yetdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

"Koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni besh nafarga ko‘payib, 55 nafarga yetgan. Ulardan 15 nafarida kasallik pnevmoniya bosqichida, to‘rt nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. 20 ming aholi qat’iy karantin ostida", deydi Otabekov.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar