Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida fond tashkil qilindi

Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida fond tashkil qilindi

23 mart kuni Xalqaro press-klub "COVID-19"ga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiya tashkil qilindi. Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirok etdi.

Sodiq Safoyev koronavirus ofatiga qarshi kurash faqat hukumatning ishi bo‘la olmasligini, senatorlar "O‘zbekiston Mehr-shavqat va salomatlik" jamoat fondi tashkil etib, hukumatga moddiy yordam berishga qaror qilganini ma’lum qildi.

"Shu jamg‘armaga pul o‘tkazib, hukumatga yordam berish niyatida bo‘lganlar bizga qo‘shilishini so‘raymiz", dedi Sodiq Safoyev.

Jamoat fondi rekvizitlari:

Manzil: 100027, Toshkent sh, Shayxontohur tumani, k. Furqat, 1-uy;

Telefon: 71-245-34-05, 71-245-34-47, 71-245-38-59;

Elektron manzil: mehr@info.uz;

Hisob-raqamlari:

- 20 212 000 4001 0173 4001 (so‘mdagi);

- 20 212 840 9001 0173 4001 (AQSh dollaridagi);

- 20 212 978 0001 0173 4001 (Yevrodagi);

Bank nomi: "Ipoteka-bank", Mehnat filial;

MFO: 00 423, INN: 200 897 248, OKONX: 98 600.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar