Yangi koronavirus Xitoyda 2019 yil dekabrda aniqlanib, shu paytdan boshlab dunyo mamlakatlari bo‘ylab tarqalmoqda. Koronavirus nafas olish hujayralarini shikastlaydi.
Inkubatsion davri 2 kundan 14 kungacha davom etadi. Hozirgi kunda virus tarqalishi asosan odamdan odamga, ko‘pincha yaqin aloqa oqibatida o‘tishi evaziga yuz bermoqda. Virusni yuqtirmaslik va undan himoyalanish uchun SSV tavsiyalar berdi.
Koronavirus alomatlari:
- Isitma, yo‘tal, holsizlik va nafas qisishi.
Xavf guruhiga kimlar kiradi?
Yangi koronavirusni barcha yoshdagi odamlar yuqtirishi mumkin. Yoshi katta, surunkali kasallikka yo‘liqqan, immuniteti zaiflashgan odamlar kasallikni boshdan kechirishi qiyinroq kechishi mumkin.
Koronavirusga qarshi vaksina bormi?
Hozirgi kunda infeksiyaning oldini olish uchun vaksina, shuningdek, 2019-nCoV virusga qarshi maxsus davolash mavjud emas. Klinikalar tomonidan testdan o‘tkazilib, o‘ziga xos davolash usullari bugun o‘rganilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va dunyo davlatlarining mutaxassislari bilan birgalikda virusga qarshi yangi vaksina va davolash metodlarini yaratish ustida faol ishlashmoqda.
Yuqtirib olish xavfini qanday kamaytirish mumkin?
- Qo‘llarni tez-tez va yaxshilab sovun bilan oqar suvda yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, ovqat qilish davomida hamda undan oldin va keyin, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, hojatxonadan yoki hayvon bilan aloqadan keyin qo‘llarni yuvish;
- Yuzingizni qo‘lingiz bilan ko‘p ushlamang;
- Imkon qadar teatr, kinoteatr, aeroport, vokzal bozor va katta do‘konlar kabi ko‘p odam yig‘iladigan joylarga borishni kamaytiring. Bozorga borganda hayvonlar bilan bevosita aloqa qilishdan chekining;
- Yo‘talganda, burun qoqqanda va aksirganda og‘iz bilan burunga bukilgan tirsak, yeng yoki salfetkani tuting. Undan keyin salfetkani darhol axlatga tashlang va qo‘lingizni yuvishni unutmang;
- Shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan yaqin aloqa qilishdan chekining. Yaqin aloqa deganda bemor bilan ikki metr doirasida, u bilan bir xonada yoki uzoq vaqt mobaynida kasal yuqtirgan bemorga qarash zonasida individual himoya vositalarisiz (xalat, qo‘lqop, niqob) bo‘lish tushuniladi. Shuningdek, yaqin aloqa bemor bo‘lgan xonaga qatnash, kasal yuqtirgan odamdan ajralib chiqqan suyuqlik, masalan, balg‘am, bilan aloqani o‘z ichiga oladi;
- Kasallikning ilk alomatlari kuzatilganda, uyda qoling va darhol shifokorga murojaat qiling.
Oziq-ovqat xavfsizligi uchun zarur chora-tadbirlar
- Xom go‘sht va pishirilgan mahsulotlar uchun alohida pichoq va chopish taxtalarini ishlating;
- Pishirilgan mahsulotlar bilan muomala qilishdan oldin xom mahsulotlarni, ayniqsa, go‘sht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qo‘llarni astoydil yuving;
- Go‘sht mahsulotlarini ovqatga ishlatish sharti shuki, ular yaxshilab qaynatilgan yoki qovurilgan, ya’ni puxta pishirilgan bo‘lishi kerak;
- Kasal hayvon yoki kasallik oqibatida o‘lgan hayvon go‘shtini aslo ovqatga ishlatmang;
- Kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlarning xom yoki chala qaynatilganlarini iste’mol qilishdan chekining. Kesishma zararlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun xom go‘sht, sut bilan ehtiyotkor muomala qilish lozim. Sutni yaxshilab qaynating.
Infeksiyadan himoya vositasi sifatida og‘iz va burun uchun mo‘ljallangan tibbiy niqobni taqib yurish qanday holatlarda shart?
- Sizda respirator infeksiya alomatlari kuzatilsa – yo‘tal, nafas olishda qiynalish bo‘lsa;
- Respirator infeksiya alomatlariga ega bemorga qarayotgan bo‘lsangiz;
- Sog‘liqni saqlash tizimi xodimi bo‘lib, respirator infeksiya alomatlariga ega bemorlarni borib ko‘rsangiz tibbiy niqobni taqib yurishinigiz shart.
Spirtli vositalar yordamida bolalar qo‘lini dezinfeksiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni majburiy tartibda yarating
- Bolalarga qo‘llarni sovun bilan astoydil va tez-tez yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, ovqatlanishdan oldin hamda hojatxonadan keyin qo‘llarni yuvish, dars va tanaffus paytida spirtli nam salfetkalarda artish zarurligi haqida eslatib turing;
- Bolalarga yuzlarini ko‘p qo‘l bilan ushlamaslikni tavsiya eting;
- Bolalar yo‘talganida, burun qoqqanida va aksirganida og‘iz bilan burunga dastro‘mol yoki salfetkani tuting. Undan keyin dastro‘mol yoki salfetkani darhol axlatga tashlang va qo‘lni yuving;
- Bolalarga shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan muloqot yoki yaqin aloqa qilishdan chekinishni ayting (yaqin aloqa deganda bemor bilan ikki metr doirasigacha turish);
- Bolalarda ilk kasallik alomatlari kuzatilganda, uyda qolish va darhol shifokorga murojaat qilishni tavsiya qiling;
- Bog‘cha bolalaridan birontasi kasallansa, darhol uni izolyasiya qiling, kasallanish haqida ota-onasiga xabar bering va tez tibbiy yordam chaqiring;
- Bollarga doim og‘iz va burun uchun mo‘ljallangan tibbiy niqoblaridan foydalanishni hamda yashash uylari va sinf xonalarini toza havo bilan shamollatishni tavsiya eting;
Izoh qoldirish