2020 yilda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 1 ming 723 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi, deydi AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov.
- O‘tgan yillarda ochilmay qolgan 1 125 ta jinoyat fosh etildi, qidiruvda bo‘lgan 2 446 nafar shaxs ushlandi;
- Bevosita prokuratura organlari tomonidan 10 372 ta jinoyat ishi yuzasidan tergov o‘tkazilib, 6 100 nafar shaxsga nisbatan 3 903 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan 622,2 mlrd. so‘mlik zarar ayblanuvchilardan undirildi;
- 2020 yilda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 1 ming 723 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi;
- Prokurorlar tashabbusi bilan 57 nafar shaxs oqlandi.
Xorijiy davlatlarga ayblanuvchilarni ekstraditsiya qilish haqida 194 ta iltimosnoma yuborilib, 155 nafar shaxs mamlakatimizga etap qilindi.
Izoh qoldirish