Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar va jismoniy shaxslar diqqatiga!
Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari olib borilishi munosabati bilan, 2019 yilning 1 noyabridan boshlab mazkur chegara o‘tkazish punktida piyoda ravishda harakatlanayotgan jismoniy shaxslar, yengil avtotransport va 3,5 tonnagacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuk avtotransport vositalarining harakati 2020 yilning 1 yarmiga qadar to‘xtatilishi bildirilgan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tovar hamda transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, yengil avtotransport vositalari haydovchilari va piyoda ravishda harakatlanuvchi jismoniy shaxslarga vaqtlarini tejash, sarf-xarajatlarning oldini olish maqsadida o‘zbek-qozoq chegarasida joylashgan boshqa muqobil o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligini ma’lum qiladi.
Eslatib, o‘tamiz, Qozog‘istonning “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punkti Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Yallama” chegara o‘tkazish punktiga tutash hisoblanadi.
Izoh qoldirish