Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish uchun 40,7 mln dollar ajratiladi

Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish uchun 40,7 mln dollar ajratiladi

M39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 21 km bo‘lgan ikkita uchastkasini rekonstruksiya qilish uchun Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi qaroridan kelib chiqqan holda 40,7 mln dollar ajratiladi.

Magistral yo‘lning 1395−1400 va 1410−1426 km uzunlikdagi uchastkalarini ta’mirlash loyihasi Islom taraqqiyot banki (ITB) ishtirokida amalga oshiriladi. 35,1 mln dollarlik kredit muddati 20 yilni tashkil etadi. Qolgan 5,5 mln dollar soliq imtiyozlarini hisobga olgan holda O‘zbekistonning hissasi hisoblanadi.

Hujjatga asosan, kredit va foizlarni qaytarish, shuningdek komissiya to‘lovlari va vositachilik xarajatlari qoplanishi davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar