Maktab o‘qituvchilarining yillik taqvim-mavzuiy reja hamda konspekt yuritishi bekor qilindi
Maktab o‘qituvchilari tomonidan sinf jurnali elektron tizim orqali ham yuritilishi mumkinligi belgilandi.
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Qarorga muvofiq, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari tomonidan yillik taqvim-mavzuiy reja hamda kundalik dars ishlanmalari (konspekt)ni yuritish bekor qilindi.
Maktab o‘qituvchilari tomonidan sinf jurnali elektron tizim orqali ham yuritilishi mumkinligi belgilandi.
Izoh qoldirish