Abituriyentlarga 2021 yil uchun tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Abituriyentlarga 2021 yil uchun tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

2020-2021-o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Davlat test markazi matbuot xizmatining xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari bo‘yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxatini ushbu manzil orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda olishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar