Markaziy bank: respublikamiz bo‘ylab 11 621 ta bankomat va infokiosklar o‘rnatilgan

Markaziy bank: respublikamiz bo‘ylab 11 621 ta bankomat va infokiosklar o‘rnatilgan

Markaziy bank axborot xizmatining xabar berishicha, respublikamiz bo‘ylab o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni 437 163 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62 036 taga yoki 17 foizga oshdi.

O‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 11 621 ta bo‘lib, bu o‘tgan yilning 1 dekabr holatiga nisbatan 2 912 taga yoki 33 foizga oshgan.

Muomaladagi bank kartalari soni esa 26 mln. dan oshib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 mln. donaga ko‘paydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar