Markaziy bank Rossiyadan pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq vaziyatni izohladi

Markaziy bank Rossiyadan pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq vaziyatni izohladi

Ayrim xalqaro pul o‘tkazmalari operatorlari faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yoki to‘xtalishlar kuzatilayotgani yuzasidan Markaziy bank tushuntirish berdi.

“Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi ko‘plab tizimlar yo‘lga qo‘yilgani, ba’zi tizimlarda uzilishlar vujudga kelganda, ularning boshqa muqobilidan foydalanish imkoniyati mavjud”, deyiladi xabarda.

Xalqaro pul o‘tkazmalarining aholi uchun dolzarbligidan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston hududida ularning uzluksiz faoliyati uchun zarur choralar ko‘rib borilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar