O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazib borish tashabbusi mintaqaning barqaror va mustahkam rivojlanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. 2018 yildan buyon davlat rahbarlarining ushbu formatdagi to‘rtta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Beshinchi uchrashuv esa 14-15 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida o‘tkazilmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bo‘lim boshlig‘i Abdurashid Bozorov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Markaziy Osiyo mamlakatlarining YaIM ko‘rsatkichlari, tashqi savdo aylanmasi, savdo ko‘rsatkichlari va savdo aloqalarini rivojlantirishga aloqador takliflarini aytib o‘tdi.
“Markaziy Osiyo mamlakatlarining (CA) umumiy aholisi taxminan 78,4 million kishini tashkil qiladi. 2022 yilda mintaqa mamlakatlarining umumiy YaIM 368,0 milliard dollarni tashkil etdi, 2017 yilga nisbatan 30,5 foizga oshdi.
2022 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasi 221,3 milliard dollarni tashkil yetdi. va u 2017 yilga nisbatan 1,7 baravar o‘sdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha aholi jon boshiga YaIM 2022 yilda $ 4,7 ming ni tashqil qildi (2017 yilda $ 4,0 mingni tashkil etdi).
2022 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarining barcha mamlakatlar bilan umumiy tashqi savdo aylanmasi 221,3 milliard dollarni, Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy eksporti 122,24 milliard dollarni tashkil etdi”, dedi ekspert.
Markaziy Osiyo nihoyatda boy tarix va madaniy me’rosga ega bo‘lgan, insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimiy beshiklaridan biridir. Mintaqaning Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashganligi, unda yashovchi xalqlar, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi xalqaro savdo, ilm-fan yutuqlarini va madaniyatlarining almashinuvini ta’minlovchi o‘ziga xos muhim bog‘lovchi rolini amalga oshirgan.
Abduraish Bozoro – “2022 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ichki savdosi ko‘rsatkichi (Markaziy Osiyo mamlakatlarining bir-biriga umumiy eksporti) 11,04 milliard dollarni tashkil etdi va ichki eksportning (ichki savdo) umumiy eksportdan ulushi 9,0 foizni tashkil etdi.
2017 yilda ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 4,8 milliard va 6,6% ni tashkil etdi.
Ta’kidlash joizki, Qozog‘iston va Turkmanistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmidagi ulushi ularning umumiy aylanmasidan mos ravishda eng past 5,9% va 8,1%ni, Tojikiston va Qirg‘izistonning mintaqalararo savdodagi ishtiroki mos ravishda eng yuqori 28,2% va 15,9%, O‘zbekiston 15%ni tashkil etadi.
Qozog‘iston va Turkmanistonning tashqi savdosi asosan MDH mamlakatlariga (Yevropa Ittifoqi, Xitoy va boshqalar) yetkazib beriladigan uglevodorodlarning eksportida ustunligi tufayli mintaqaviy bozorga kamroq e’tibor qaratmoqda va import asosan uchinchi boshqa davlatlar bilan bog‘liq”.
Mintaqaning beshta mamlakati O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘z tarixi, madaniyati va ijtimoiy soha, siyosiy taraqqiyotida ko‘p uzviy o‘xshashliklarga ega bo‘lib, tarixan yagona ilm-fan va madaniy makon sifatida shakllangan.
A. Bozorov savdo aloqalarini rivojlantirishga aloqador takliflarini bildirdi:
“1. O‘zaro savdo hajmini oshirish.
Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi savdosining umumiy hajmida ichki savdoning ulushi qariyb 9-10 foizni tashkil etadi.
O‘zaro savdo ulushini oshirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari uchinchi mamlakatlar importini Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi bozorlarga eksport qiladigan mahsulotlar bilan almashtirishlari zarur.
Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlariga to‘qimachilik, charm-poyabzal, maishiy texnika, avtomobilsozlik va kimyo mahsulotlarining ayrim buyumlari sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish hajmini oshirish sharti bilan mahalliy tayyor mahsulotlarni yetkazib berishni ko‘paytirish mumkin.
- 2. Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish.
Markaziy Osiyo mintaqasida mintaqaviy qiymat zanjirlarini, shu jumladan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradigan sanoat va qishloq xo‘jaligi klasterlarini yaratish mahalliy tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi.
Masalan, mintaqadagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi hamkorlik meva va sabzavotlarni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish uchun tayyor mahsulotga qayta ishlash uchun qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, mintaqaviy integratsiya fermerlarning mahsulotlarni qayta ishlash va eksport qilish xarajatlarini kamaytirish va ularni yetkazib berish diversifikatsiyasini kengaytirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlarida O‘zbekiston eksport salohiyatini oshirish imkoniyatiga yega bo‘lgan sohalarda (elektrotexnika, avtomobilsozlik, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqalar) qo‘shma korxonalar tashkil etish amaliyotini davom ettirish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, transport aloqalarining yaxshilanishi kechikishlar va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo bojlarining kamayishi bilan birgalikda mintaqaning YaIM taxminan 15% ga oshirishi mumkin”, dedi A. Bozorov.
Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonch ruhining mustahkamlanishida alohida ahamiyat kasb eti kelayotgan davlat rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlari mintaqadagi siyosiy iqlimning sezilarli yaxshilanishiga xizmat qilish barobarida mamlakatlarga qator muhim sohalarda mazmunli muloqotni boshlash imkonini berdi.
Izoh qoldirish