Mart oyida mikroqarz taqdim etayotgan banklar (+ro‘yxat)

Mart oyida mikroqarz taqdim etayotgan banklar (+ro‘yxat)

Mart oyida (21.03.2021 yil holatiga)banklar tomonidan taqdim etilayotgan miqrokarzlar bo‘yicha "Bankir kundaligi" telegram kanali aniqlik kiritdi. Quyida mikroqarz taklif etayotgan banklar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

  1. Trastbank

Miqdori 500 mingdan 10 mln. so‘mgacha

Muddati 12 oy

Foizi 25%

Bank mijozlari uchun TrustPay mobil ilovasi orqali ajratiladi.

  1. Mikrokreditbank

Miqdori 1,5 mln. so‘mgacha

Muddati 3 oy

Foizi 24%

Bank mijozlari uchun MKB Mobile mobil ilovasi orqali ajratiladi.

  1. O‘zsanoatqurilishbank

Miqdori 2 mln. so‘mdan 20 mln. so‘mgacha

Muddati 12 oy

Foizi 26,9%

Bank mijozlari uchun Joyda mobil ilovasi orqali ajratiladi.

  1. O‘zMilliybank

Muddati 12 oy

Foizi 28%

Miqdori 24,5 mln so‘mgacha

Bank mijozlari uchun Milliy mobil mobil ilovasi orqali ajratiladi.

  1. Ipak Yo‘li bank

Muddati 12 oy

Foizi kuniga 0,11%

Kredit summasi - 22,3 mln. so‘mgacha

Bank mijozlari uchun Ipak yo‘li mobile mobil ilovasi orqali ajratiladi.

  1. Aloqabank

Miqdori 3 mln. so‘mdan 50 mln. so‘mgacha

Muddati 12 oydan 18 oygacha

Foizi 28% dan 29% gacha

Bank mijozlari uchun Aloqa mobile mobil ilovasi orqali ajratiladi.

Onlayn mikroqarzlar vaqtincha to‘xtatilgan banklar:

Xalq banki, Turonbank, PoytaxtBank, Universalbank, Turkistonbank.

Onlayn mikroqarz mavjud bo‘lmagan tijorat banklari:

Ziraatbank Uzbekiston, Hamkorbank, Tenge bank.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar