Mas’ullar aholi muammolarini hal etmoqda

Mas’ullar aholi muammolarini hal etmoqda

Prezident masalahatchisi o‘rinbosari Qahramon Sariyev boshchiligidagi guruh Qo‘qon shahrining 19 ta mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish va hal etish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar olib bormoqda.

Ishchi guruh o‘rganishlari davomida aholi tomonidan 1,1 mingdan ziyod masala bo‘yicha murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning deyarli 50% ga yaqini qisqa muddatlarda bartaraf etildi.

Jumladan, murojaatlardan kelib chiqqan holda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 13 ta ijtimoiy soha ob’yektlari atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan muammoli 16 ta masalalar bo‘yicha ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Bundan tashqari, ichki yo‘llar holatini yaxshilash maqsadida 2 km masofa asfaltlashtirilib, 10 km.ga yaqini shag‘allashtirildi. Xonadonlarning elektr ta’minotini yaxshilash uchun 1 ta yangi TP o‘rnatilib, 3 tasi ta’mirlandi, 8 km yo‘l bo‘yiga yangi temir-beton tayanchlar o‘rnatildi.

“Mahalla yettiliklari” bilan hamkorlikda “Sayxunobod tajribasi” asosida 5 ta mikroloyihalar amalga oshirildi, natijada 100 ga yaqin fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.

Prezident Xalq qabulxonasi va “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan “Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash”, “Oilaviy tadbirkorlik” hamda “Biznesga birinchi qadam” dasturlari doirasida 73 nafar fuqaroga 1.4 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kredit va mikroqarzlar ajratib berildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan 509 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga manzilli yordamlar ko‘rsatildi. Xususan, 4 nafar og‘ir sharoitda yashayotgan fuqaroning xonadoni ta’mirlab berilmoqda, 350 dan ziyod og‘ir sharoitda yashayotgan fuqarolarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Shu bilan birga, Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar asosida 130 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar, 14 nafariga nogironlik aravachalari yetkazildi, 39 nafariga davolanish uchun bepul order berildi.

Respublika ishchi mas’ullari va “mahalla yettiligi” ishtirokida 59 ta ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish choralari ko‘rildi, 50 ta notinch oilalardagi nizolarga barham berildi, 10 nafar fuqaroga tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya orderi berildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar