“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi o‘rinlarda – O‘zmilliybank yoki emitent) tomonidan London fond birjasida 5 yillik 300 million dollarga teng yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarildi va shu bilan xalqaro kapital bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Yevroobligatsiyalarning debyut emissiyasi O‘zmilliybank tomonidan Citibank (AQSh), Natixis (Fransiya), SMBC Nikko (Yaponiya) va Gazprombank (Rossiya) kabi xalqaro miqyosda tan olingan anderrayting banklari bilan birgalikda amalga oshirildi.
Joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan roud-shou tadbiri doirasida AQSh, Yevropa, Rossiya Federatsiyasi va Osiyo mamlakatlarining 70 dan ortiq global xalqaro investorlari ishtirokida global audiokonferensiya (Global Investor Call) o‘tkazildi.
Izoh qoldirish