Mirzaobod tumanida 100 million dollarlik Gujarat sanoat zonasini tashkil etiladi

Mirzaobod tumanida 100 million dollarlik Gujarat sanoat zonasini tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni Sirdaryo viloyatining investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlatimiz rahbari Mirzaobod tumanida Gujarat sanoat zonasini tashkil etish loyihasiga alohida ahamiyat qaratdi. Oliy darajadagi kelishuvlar natijasi bo‘lgan ushbu majmuada iqtisodiyot talab etayotgan muhim loyihalar joylashtirilmoqda. Xususan, u yerda tomchilatib sug‘orish va issiqxona jihozlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi agregatlari va minitexnikalar, plastmassa buyumlar, trikotaj, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 8 ta korxona bo‘ladi. Ularda 1 ming 600 dan ziyod kishi ishlaydi. Yiliga 25 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi.

Bugungi kunda mazkur sanoat zonasi uchun 40 gektar yer ajratilgan. Uni tashkil etishga 100 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilishi belgilangan. Korxonalar 2021-2023 yillarda birin-ketish ishga tushiriladi.

Prezident loyihalar ijrosida sifat va muddatga alohida e’tibor qaratish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Sirdaryo viloyatining Toshkent shahriga yaqinligi, temir yo‘l infratuzilmasidan foydalanib, logistikani rivojlantirish, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Taqdimotda, shuningdek, aholini kambag‘allikdan chiqarish, yoshlar va ayollar bandligini oshirish borasidagi ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Sirdaryo viloyatida 2,4 milliard dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar