Joriy yilning 15 iyul kuni Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov Ozarbayjon Iqtisodiy islohotlar va kommunikatsiyalarni tahlil qilish markazi Ijrochi direktori Vyusal Afras o‘g‘li Gazimli bilan uchrashdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, mamlakatning jahon sahnasidagi, jumladan, Markaziy va Janubiy Osiyodagi yangilangan tashqi siyosati hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini batafsil ko‘rib chiqdilar.
O‘z navbatida, Ozarbayjon tomoni O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan so‘nggi o‘zgarishlar va islohotlar juda muhim va o‘z vaqtida amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, mehmonlar ushbu tadqiqotlarga alohida qiziqish bildirishdi.
O.Hakimov Markazning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari va uning oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni taqdim etdi. Shuningdek, bugungi kunda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi nafaqat ilmiy-tahliliy faoliyat bilan, balki hukumat Akseleratori kabi muhim sohada ham shug‘ullanayotganini ta’kidladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi platformasidagi Akselerator O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari hamkorlari bilan Garvard universiteti metodologiyasi bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan markaz tashabbuslaridan biridir.
O‘z navbatida, Vyusal Afras o‘g‘li Gazimli bundan besh yil muqaddam Ozarbayjon Prezidenti tomonidan tashkil etilgan Iqtisodiy islohotlar va kommunikatsiyalarni tahlil qilish markazi faoliyati haqida so‘z yuritdi.
Malumot uchun: Ozarbayjon Iqtisodiy islohotlar va kommunikatsiyalarni tahlil qilish markazi (IIKTM) maqsadi makro va mikroiqtisodiy darajadagi tahlil va tadqiqotlar o‘tkazish orqali mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, tahliliy ma’lumotlar asosida iqtisodiy islohotlar hamda o‘rta va uzoq muddatli prognozlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, davlat organlari va muassasalarini prognoz bilan ta’minlash, shuningdek, Ozarbayjon Respublikasining iqtisodiyotning turli sohalarida erishgan yutuqlarini ilgari surishni tashkil etishdan iborat.
IIKTM direktori ta’kidlaganidek, Markaz iqtisodiyot tarmoqlarining har biri uchun strategik yo‘l xaritasini tuzdi va ulardan 11 tasi mavjud bo‘lib, bu bugungi kunda IIKTMning asosiy vazifalaridan biridir. Ikkinchi vazifa yo‘l xaritasini amalga oshirish va natijalarni baholash.
U IIKTMning tahliliy ishlaridan tashqari, Ozarbayjonda davlat dasturlarini kuzatishda ham ishtirok etmoqda. Ish oqimi to‘liq raqamlashtirilgan.
Shuningdek, IIKTM Ozarbayjonning xalqaro reytinglarini ham kuzatib boradi. O‘tgan yili biznes yuritish reytingiga ko‘ra, mamlakat 190 mamlakat orasida 28-o‘rinni egalladi.
Vyusal Afras o‘g‘li Gasimlining ta’kidlashicha, Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan maxsus hukumat komissiyasi tuzilgan bo‘lib, uning tarkibida bir nechta guruhlar ish olib boradi, ular turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha biznes yuritishdan qurilishga qadar ko‘rsatkichlarni o‘rganadilar. Ushbu guruhlar Akselerator deb nomlanadi, ularning soni Ozarbayjonda 19 ga yaqin.
Uning aytishicha, Ozarbayjon islohot jarayonini to‘liq raqamlashtirgan, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish monitoringini olib borgan dunyodagi birinchi mamlakatdir. Mamlakat biznes yuritishdagi iqtisodiy islohotlar bo‘yicha birinchi o‘nlikdan joy olgan.
Bundan tashqari, "Azexport.az" deb nomlangan to‘liq raqamlashtirilgan va avtomatlashtirilgan bozor platformasi ishga tushirildi. So‘nggi 3 yil ichida ushbu platforma 2 milliard AQSh dollaridan ortiq eksport buyurtmalarini oldi. Ushbu saytda menejer yo‘q, u to‘liq raqamlashtirilgan.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Markaz va IIKTMning tadqiqot dasturi asosida tomonlar o‘rtasida yanada yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Izoh qoldirish