573 kmlik temir yo‘l Toshkent shahrini Kobul orqali Pokiston shimolidagi Peshavar bilan bog‘laydi. Temir yo‘l qurilishi kelasi yilning sentyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.
«Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘ladi. Bu haqda 2 fevral kuni Afg‘oniston, Pokiston va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan uch tomonlama uchrashuvda ma’lum qilindi.
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar hamda yuqori lavozimdagi davlat vakillari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda temir yo‘l qurilishi bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi.
Ushbu 573 kmlik temir yo‘l Toshkent shahrini Kobul orqali Pokiston shimolidagi Peshavar bilan bog‘laydi.
Anadolu agentligining ma’lumotiga ko‘ra, jalb qilinadigan umumiy kreditlar mablag‘i 4,8 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Loyiha uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash 2021 yil iyungacha yakunlanadi. Temir yo‘l qurilishi kelasi yilning sentyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish