Namangan viloyati hokimi namanganliklarga murojaatida eng ko‘p qaysi so‘zlardan foydalandi?

Namangan viloyati hokimi namanganliklarga murojaatida eng ko‘p qaysi so‘zlardan foydalandi?

2021 yil 21 dekabr kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida Namangan viloyat hokimi viloyat aholisiga murojaat qildi. Sessiya ishi va viloyat hokimi murojaati hokimlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida va viloyat telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq tarzda efirga berildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Namangan viloyat filiali tomonidan viloyat hokimining Namangan xalqiga murojaatining lingvistik kontent-tahlili o‘tkazildi. Tasviriy ifodalovchi so‘zlardan foydalanib viloyatda 2022 yilda asosiy e’tibor qaratiladigan sohalarni ko‘rish mumkin.

Viloyat hokimi o‘z nutqida jami 5 359 so‘zdan foydalangan. Eng ko‘p “Yangi” so‘zini - 49 marta, “Namangan” so‘zini – 34 marta, “Sanoat” so‘zini – 22 marta, “Ta’lim” so‘zini – 19 marta, “Rivojlantirish” va “Qishloq”so‘zlarini 15 martadan, “Ijtimoiy” va “Turizm” so‘zlarini 14 marta qo‘llagan. Bundan tashqari, “Aholi”, “Davlat”,“Sport”, “Ijtimoiy”, “Xizmat”, “Yoshlar” so‘zlari ham ko‘p takrorlangan.

Murojaatda asosiy e’tibor 2021 yil davomida erishilgan iqtisodiy o‘sish sur’atlari, amalga oshirilgan investitsion loyihalar va “Obod qishloq” dasturining ijrosiga hamda 2022 yilda viloyatda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlariga qaratilgan.

Jumladan, 2021 yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot hajmining o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 8,5 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qariyb 16,5 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 4,5 foizga, qurilish ishlari hajmi 12 foizga, chakana savdo aylanmasi 10,4 foizga va jami xizmatlar hajmi 24,5 foiz o‘sishi kutilmoqda.

Investitsiya dasturlari doirasida 5,2 trln.so‘mlik 1 392 ta loyiha ishga tushirilib, 30 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Xitoy, Turkiya, Niderlandiya, Hindiston, Belgiya, Germaniya va Rossiya kabi davlatlardan jami 303,6 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kredit mablag‘lari jalb etildi. 2021 yilda 465 ta korxona tomonidan 52 ta davlatga 67 turdagi sanoat va meva-sabzavot mahsulotlari hamda 11 ta yangi turdagi qurilish mahsulotlari eksport qilindi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 1,3 trln.so‘mdan ortiq mablag‘lar o‘zlashtirilishi hisobiga 22 ta qishloq va 4 ta mahallada qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Aholini toza ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida 277 km ichimlik suv tarmog‘i qurildi hamda 28 ta inshootni rekonstruksiya qilindi. Elektr ta’minotini yaxshilash doirasida 68 km elektr tarmoqlari tortildi va 28 ta tranformator o‘rnatildi.

Aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 3,6 ming xonadonli 126 ta ko‘p qavatli uy-joy qurib, zaruriy infratuzilma bilan ta’minlandi. Ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash doirasida 15 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 25 ta maktab, 11 ta sog‘liqni saqlash muassasa ob’yektlari hamda 21 ta mahalla binosi ob’yektlarida qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi.

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida, joriy yilda 943 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilib, 23 ming nafar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar qo‘shimcha qamrab olindi. Maktabgacha ta’limga qamrov darajasi yil boshidagi 62,9 foizdan 72 foizga yetkazildi.

Xalq ta’limi tizimi olib borilgan islohotlar natijasida, joriy yilda bitiruvchilarning 26,9 foizi yoki 9 837 nafari oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdilar.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalar doirasida 3 ta oilaviy poliklinika, Namangan shahar “Saxovat” uyi, Uchqo‘rg‘on va Pop tumanlari qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari qurish uchun jami 42,7 mlrd.so‘m ajratildi.

Sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish maqsadida uchun 1014 ta sport maydonlari, jumladan, 655 ta “Workout” maydonchalari, 59 ta stritbol maydonchalari, 238 ta mini-futbol va 47 ta badminton maydonlari tashkil etildi.

Joriy yil davomida 3 ta mehmonxona (70 o‘rin), 158 ta oilaviy mehmon uylari (1580 o‘rin), 3 ta ta xostel (58 o‘rin), 6 ta turistik sinfga mansub avtobus, 5 ta turoperatorlar tashkil etildi.

2022 yildagi asosiy vazifalar O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 6 noyabrdagi lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz” nutqida belgilangan “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi”nining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini kelib chiqib belgilandi.

Xususan, 2022 yilda viloyatda :

  • ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha viloyatdagi 52 mingdan ziyod ishsizlar, 33 ming nafar xorijdan qaytishi kutilayotganlar va mehnat bozoriga kirib keladigan 27 mingga yaqin yoshlar bandligini ta’minlash uchun 143 mingta doimiy va mavsumiy yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi;
  • fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun 13,9 mlrd.so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltiriladi;
  • paxta va g‘alla ekinlaridan qisqartirilgan 1 231 gektar yer maydonlarini aholiga 10 sotixdan 1 gektargachaYoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ajratib berish hisobiga 6 160 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning 5 120 nafari kasbga o‘qitiladi, 4 195 nafarining bandligi ta’minlanadi, 2 045 nafariga kredit ajratiladi, 1 055 nafariga tomorqasidan daromad olishga yordam beriladi;
  • mahalliy sanoatni rivojlantirish va hududiy investitsiya dasturlari doirasida 26 ta kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Umumiy qiymati 11,0 trln.so‘mlik 1 134 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilib 34 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
  • qishloq xo‘jaligi va tomorqalarni rivojlantirish bo‘yicha barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinadi. Viloyatda qo‘shimcha tashkil qilinadigan 10 ta klaster tomonidan 6 ming gektarda intensiv bog‘ barpo etish orqali, meva yetishtirish 3-4 barobarga ko‘paytiriladi;
  • 2022 yilda jami 585 mln.dollar shundan, 451 mln.dollar sanoat va 134 mln.dollar meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilinadi;
  • xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi doirasida 533 ta loyiha amalga oshiriladi. Shahar va tumanlarda 17 ta tunu-kun ishlaydigan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar (Shopping Street) tashkil etish hisobiga 820 ta xizmat ko‘rsatish ob’yektlari barpo etiladi;
  • aholining uy-joy va yashash sharoitlarini yaxshilash ustuvor vazifalardan biri bo‘ladi. 2022 yilda 109 ta 2820 xonadonga mo‘ljallangan uy-joy quriladi;
  • 22 ta qishloq va 6 ta mahallada “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari amalga oshiriladi;
  • “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida mahallalarda daraxt ekish va ko‘kalomzorlashtirish tadbirlari davom ettirilib, jami 145 gektar maydonda “yashil maydon” jamoat parklarini tashkil etish etiladi;
  • hududlarda birlamchi tibbiy yordam xizmati sifatini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish doirasida 68,3 mlrd.so‘m mablag‘ hisobiga 9 ta tibbiyot muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borin rejalashtirilgan, natijada 620 o‘rin va 900 qatnovga ega tibbiy xizmat tashkil etilishi kutilmoqda. Namangan shahrida xalqaro universitet va zamonaviy klinikadan iborat“Tibbiyot klasteri” tashkil etiladi;
  • maktabgacha va maktab ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 82 foizga yetkazish maqsadida 3 ta yangi davlat, 4 ta xususiy, 2 ta davlat-xususiy sheriklik, 258 ta oilaviy oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etiladi. Viloyatda 3 ta matematika va fizika, 4 ta kimyo va biologiya, 3 ta informatika fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi;
  • viloyatda kelgusida 10 ta oliy ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Xalqaro raqamli universitet (IDU-International digital university) Namangan filiali, Pokiston Islom Respublikasining Lahor Universiteti bilan hamkorlikda “The international university of Namangan” universiteti, IMPULS BSR” MChJ tomonidan Davlat xususiy sherikchilik asosida Nodavlat oliy ta’lim muassasasi shular jumlasidandir.
  • shahar va tumanlarning turizm imkoniyatlaridan kelib chiqib, turizm xizmatlari eksport hajmi 10 mln.dollarga yetkaziladi. Shu maqsadda 25,5 mlrd.so‘mlik 22 ta loyiha doirasida Chust tumanidagi “G‘ova” va Kosonsoy tumanidagi “Olmazor” qishloqlari turizm qishloqlari hamda Pop tumanida Chodak turizm qishlog‘i, Yangiqo‘rg‘on tumanida Nanay turizm zonasi va Chortoq tumanida ekoturizm zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida 6 ta yangi sport muassasalari hamda “Navbahor” futbol klubi bazasida “Futbol akademiyasi” tashkil etiladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar