Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 18 713,2 mlrd.so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 17 389,6 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 1 280,1 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 43,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan 104,8%ga o‘sib, respublika ko‘rsatkichi tarkibida Namangan viloyatining ulushi 7,5% tashkil qildi.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 17 311,9 mdrd.so‘mni shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 9 248,4 mlrd.so‘m va chorvachilik mahsulotlari 8 063,4 mlrd.so‘mni tashkil qildi.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlarining eng yuqori hajmi Yangiqo‘rg‘on tumani (2694,6 mlrd.so‘m) va Namangan shahrida (2111,9 mlrd.so‘m) qayd etildi.

Viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Yangiqo‘rg‘on (106,9%), Norin (106,1%) va Uchqo‘rg‘on (105,7%) tumanlarida, past o‘sish sur’atlari esa Chust (104,0%), Kosonsoy (104,0%) va Mingbuloq (104,1%) tumanlarida kuzatildi.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 5 810,1 ming so‘mni tashkil etdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 46,6% chorvachilik, 53,4% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida dehqonchilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 468 ming tonna don va dukkakli don mahsulotlari, 613 ming tonna sabzavotlar, 257 ming tonna kartoshka, 65 ming tonna poliz, 218 ming tonna meva va rezavorlar va 95 ming tonna uzum yetishtirildi.

Shuningdek, chorvachilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 132,1 ming tonna go‘sht, 577,9 ming tonna sut, 489,3 mln. dona tuxum va 3356,1 tonna baliqchilik ovlandi.

Jami qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 3 064 ta ga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 8,5%ni tashkil etdi.

Muzaffar Abdusamatov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan hududiy filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar