Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2023 yil yanvar-mart oylari yakunlari

Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2023 yil yanvar-mart oylari yakunlari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 2 579,7 mlrd. so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 2 173,1 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 394,2 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 12,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 104,0%ga o‘sib, respublika ko‘rsatkichi tarkibida Namangan viloyatining ulushi 6,4%ni tashqil qildi.

Hisobot davrida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Uchqo‘rg‘on (107,2%), Kosonsoy tumani (105,4%), Mingbuloq (105,5%), Yangiqo‘rg‘on tumani (105,5%) va Norin (105,2%) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, To‘raqo‘rg‘on (102,6%) va Uchqo‘rg‘on (102,8%) tumanlarida, aksincha, o‘sish sur’atlari pastligi qayd etilgan.

Shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Namangan shahrida (496,5 mlrd. so‘m) va Namangan tumanida (300 mlrd.so‘m) qay etildi. Aksincha eng kam hajmga ega hududlarga Kosonsoy (148,4 mlrd. so‘m), Uchqo‘rg‘on (147,4 mlrd. so‘m) va Mingbuloq (117,3 mlrd.so‘m) tumalarini keltirib o‘tish mumkin.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi 858,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 141,1 mdrd. so‘mni (yoki o‘tgan 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,9%ga o‘sishni) shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari - 143,2 mlrd. so‘m va chorvachilik mahsulotlari - 1 998 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 93,3% chorvachilik, 6,7% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida dehqonchilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 2 234 tonna sabzavotlar, shuningdek, chorvachilikda tirik vaznda 29 ming tonna go‘sht, 120,3 ming tonna sut, 120,7 mln. dona tuxum va 738,8 tonna baliqchilik ovlandi.

Muzaffar Abdusamatov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan hududiy filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar