Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 21 700,4 mlrd. so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 20 308,6 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 1 298,1 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 93,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 105,0%ga o‘sib, respublika ko‘rsatkichi tarkibida Namangan viloyatining ulushi 7,4%ni tashqil qildi.
Hisobot davrida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Pop (111,1%), Mingbuloq (110,6%), Namangan (107,3%) va Uchqo‘rg‘on (105,6%) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, Yangiqo‘rg‘on (101,8%) va Kosonsoy (101,5%) tumanlarida, aksincha, o‘sish sur’atlari pastligi qayd etilgan.
Shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Yangiqo‘rg‘on tumani (3 392,8 mlrd.so‘m) va Namangan shahrida (2 087,5 mlrd. so‘m) qay etildi. Aksincha eng kam hajmga ega hududlarga Kosonsoy (1 113,2 mlrd. so‘m), Norin (1 380,1 mlrd. so‘m) va Mingbuloq (1 380,1 mlrd.so‘m) tumalarini keltirib o‘tish mumkin.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi 7 177,8 ming so‘mni tashkil etdi.
Hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 20 159,9 mdrd. so‘mni (yoki o‘tgan 2022 yilning mos davriga nisbatan 105,0%ga o‘sishni) shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 10 156 mlrd. so‘m va chorvachilik mahsulotlari - 10 003,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 49,6% - chorvachilik, 50,4% -dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hisobot davrida dehqonchilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 516,1 ming tonna don va dukkaklilar, 624,4 ming tonna sabzavotlar, 257,9 ming tonna kartoshka, 65,8 ming tonna poliz, 219,1 ming tonna meva va rezavorlar, 89,8 ming tonna uzum shuningdek, chorvachilikda tirik vaznda 140,1 ming tonna go‘sht, 611,1 ming tonna sut, 499,3 mln. dona tuxum va 4,7 ming tonna baliqchilik ovlandi.
Izoh qoldirish