Namangan viloyatining 2022 yil I choragidagi tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari

Namangan viloyatining 2022 yil I choragidagi tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari

2022 yil yanvar-mart oylari Respublika tashqi savdo aylanmasining 1,18%lik ulushi Namangan viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, tashqi savdo aylanmasi 300,5 million AQSh dollarni tashkil etdi.

Viloyatning Respublika eksporti va importidagi ulushi mos ravishda 1,13% va 1,22%ni tashkil etadi. Joriy davr mobaynida hududning tashqi savdo balansida salbiy saldo qayd etilgan. Hududiy tashqi savdoning 57,5% yoki 172,7 million AQSh dollari import hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, qolgan 127,8 million AQSh dollari (42,5%) eksport hajmiga to‘g‘ri keladi.

Namangan viloyatining 2022 yil I choragidagi eksport tarkibida eng asosiy tovarlar - oltin (53%), qora va rangli metallar (7%)ni tashkil etadi to‘g‘ri keldi. Qolgan mahsulotlarning ulushi har biri 10%dan kamroq miqdorni tashkil etdi.

Namangan viloyatining eksport tarkibi

Viloyat importining ko‘rsatkichlari yagona sektorga ixtisoslashmaganini kuzatish mumkin. Joriy yilninig yanvar-mart oylarida viloyat hududiga eng ko‘p import qilingan tovarlarning eng asosiy qismi mashina va asbob-uskunalar (39%), kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlanadigan buyumlar (16%) hamda oziq-ovqatlar (12%) ulushiga to‘g‘ri keladi. Xizmatlar importi 7%ni tashkil qilgan.

Namangan viloyatining import tarkibi

Tashqi savdo geografiyasi bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2022 yil I choragida hududiy eksportning 49% Rossiya Federatsiyasi ulushiga to‘g‘ri keladi. Boshqa hamkor mamlakatlar sifatida Qirg‘iziston (13%), Xitoy (12%), Turkiya (12%), Qozog‘iston (4%)ni ko‘rish mumkin.

2022 yil I choragi uchun Namangan viloyati eksportida dunyo mamlakatlarining ulushi

Viloyatning I chorak yakunidagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, import hajmining eng katta ulushi Xitoy 43 (%) hisobiga to‘g‘ri keladi. Viloyatning hamkor-importerlari Rossiya Federatsiyasi (15%), Qozog‘iston (9%), Turkiya (7%), Turkmaniston (3%), Litva (3%), Germaniya (3%)dir.

2022 yil I choragi uchun Namangan viloyati importida dunyo mamlakatlarining ulushi

Mazkur davrda tumanlar eksportida eng yuqori o‘sish Chust tumani (170%), Norin tumani (100%) To‘raqo‘rg‘on tumani (71%) larda qayd etilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan Mingbuloq va Chortoq tumanlarida eksport hajmi mos ravishda 52% va 39% ga kamroq bo‘lgan.

Tumanlar bo‘yicha eksport hajmi (ming AQSh dollarida)

Viloyat import hajmining tumanlar bo‘yicha tasqsimlanishidan ko‘rishimiz mumkinki, Kosonsoy, Namangan, Uychi, Chust tumanlari va Namangan shahrining Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlarida import hajmi 10 million AQSh dollaridan ko‘proq. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan Chust tumani (192%), Chortoq tumani (154%), To‘raqo‘rg‘on tumanlarida (95%) sezilarli o‘sish sur’atlari qayd etilgan. Aksincha, Davlatobod tumani (-4%) hamda Pop tumanlarida (-28%) pasayish kuzatilgan, Norin tumanida (1%) import hajmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli o‘sish qayd etilmagan.

Tumanlar bo‘yicha import hajmi (ming AQSh dollarida)

Nurdinova Shoiraxon, Namangan filiali bosh ilmiy xodimi
Sayfiddinov Samandar, NamDU 2-kurs talabasi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar