Ushbu davrda Namangan viloyati yalpi hududiy mahsuloti hajmi 29 045,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,2%ga o‘sgan, shuningdek, YaIM tarkibida viloyatning hissasi 5,0%ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 9 828,7 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9%ga oshgan.
YaHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat, iste’mol tovarlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi mos ravishda 12 712,9 mlrd. so‘m, 7 224,4 mlrd. so‘m va 17 713,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan mos ravishda 9,1%, 19,8% va 4,8%ga o‘sgan.
Hisobot davrida xizmatlar hajmi 10 707,6 mlrd. so‘m (respublikadagi ulushi 4,3%), chakana savdo aylanmasi 13 051,8 mlrd. so‘m (6,3%) hamda qurilish ishlari hajmi 47 28,2 mlrd. so‘mni (5,3%) tashkil qilgan. O‘sish sur’atlari xizmatlar sohasida - 16%, chakana savdo aylanmasida – 13,8%, qurilish ishlarida – 9,9%ni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga 10 264,5 mlrd. so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, mos davrga nisbatan 2%ga o‘sgan. Viloyatda yanvar-sentyabr oylari yakuni bo‘yicha 6 469 ta yangi kichik biznes sub’yektlari tashkil etilgan.
Viloyatning respublika tashqi savdosi hajmidagi ulushi 2,7% ni tashkil qilgan, ammo o‘tgan yilning shu davrga nisbatan 18,9% ga oshgan. Bunda 436,3 mln. dollarlik eksport va 503,3 mln. dollarlik import amalga oshirilgan. 2022 yilning dastlabki 9 oyi mobaynida eksport va import hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan mos ravishda 22,3% va 16,2%ga ko‘paygan.
Izoh qoldirish