2023 yilning 1-aprel holatiga Namangan viloyatida doimiy yashovchi aholi soni joriy yil boshiga nisbatan 15 ming kishiga (0,5%) ko‘payib, jami 3 013 ming kishini tashkil etdi. Xususan, shahar aholisi 1 954 ming kishiga (jami aholining 64,8%), qishloq aholisi esa 1 059 ming (jami alohiling 35,2%) kishiga yetdi. Namangan viloyati aholi soni bo‘yicha respublikada Samarqand (4 138 ming), Farg‘ona (3 995 ming) va Qashqadaryo(3 499 ming) va Andijon (3 338 ming) dan keyin 5-o‘rinni egalladi.
Joriy yilning 1-aprel holatiga aholi sonining taqsimlanishi 1 531 ming erkaklar (50,8%), 1 482 ming (49,2%) nafar ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimi bo‘yicha qaralganda, Namangan shahri (367 ming), Chust (281 ming) va To‘raqo‘rg‘on tuman (241 ming) lari viloyatdagi eng ko‘p aholi istiqomat qiluvchi hududlar, Yangi Namangan (159 ming), Davlatobod (156 ming), Mingbuloq (135 ming) tumanlari esa viloyatdagi kam axoli istiqomat qiluvchi hududlar xisoblanadi.
Viloyat bo‘yicha 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 405 kishi to‘g‘ri kelib, Davlatobod tumani (3 124 kishi), Yangi Namangan tumani (2 645 kishi) va Namangan shahri (2 449 kishi) aholi eng zich joylashgan hududlar sirasiga kiradi.
2023 yil yanvar-mart oylari davomida viloyatda tug‘ilishlar soni 18,6 mingtani, o‘limlar soni 3,1 mingtani, qayd etilgan nikohlar soni 3,1 mingtani va nikohdan ajralishlar soni 1,2 mingtani tashkil etgan.
Aholi migratsiyasi bo‘yicha, viloyatga 0,6 ming kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan bo‘lsa 1,1 ming kishi doimiy yashash maqsadida viloyatdan ko‘chib ketgan.
Izoh qoldirish