Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari Malika Jumaniyozova va Baxtishod Xamidovning kuzatuvlariga ko‘ra, biror bir shaharda oziq-ovqat narxlarining boshqa shaharlarga nisbatan qimmatligini hisoblash uchun bir necha yuz mahsulot turlari tanlab olinadi. Ta’kidlash joizki, mahsulot narxiga cheksiz ko‘p omillar ta’sir etadi. Shunday ekan, narxlarni rivojlanish darajasiga bog‘lash noto‘g‘ri.
Xo‘sh, Toshkentda oziq-ovqat narxlari eng boy mamlakatlar poytaxtlaridagidan ham qimmatroqmi? Toshkentdagi eng arzon 10ta oziq-ovqat narxlaridan kelib chiqib, Toshkentni eng arzon shaharlar qatoriga kirgizsa ham bo‘ladimi?
“Buyuk Britaniyaning "Economist Intelligence Unit" tadqiqot markazi har yili "WCOL" (Worldwide Cost of Living - dunyoda yashash qiymati) dunyonning turli mamlakatlaridagi yashash xarajatlarini reytingini e’lon qilib boradi. Unda dunyoning 133 ta shaharlaridagi 160 ta eng muhim tovar va xizmatlar (oziq-ovqat va nooziq-ovqat) narxlari hisobga olinadi.
2020 yil tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda oziq-ovqat narxlari indeksi bo‘yicha 133 shaharlar orasida Toshkent shahri 132-o‘rinni egallagan. Yoki boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, eng arzon shaharlardan bittasi", deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti Malika Jumaniyozova.
“Jahon banki tadqiqotlariga asoslanib aytadigan bo‘lsak, eng kam ish haqi o‘rtacha daromadlarga nisbatan hamma mamlakatda bir xil belgilanmaydi. Masalan, Daniya, Gollandiyaga o‘xshagan mamlkatlarda bu narsa 40-45 % darajasida belgilangan. Aksincha Slovakiya, Latviyaga o‘xshash mamlakatlarda bu narsa 7-8% darajasida belgilangan. O‘rtadagi tafovut juda katta. Bu degani eng kam ish haqining belgilanishiga boshqa faktorlar ham ta’sir qiladi. Hozirgi o‘xshagan tahlildan Latviya, Slovakiyaga o‘xshagan davlatlar xafa bo‘lgan bo‘lardi. Chunki ularda eng kam ish haqini o‘rtacha daromadga nisbatan pastroq belgilanishiga qanaqadur boshqa faktorlar ta’sir qilgan. Rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlarni alohida tahlil qilish kerak”, deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti Baxtishod Xamidov.
Dunyo shaharlaridagi narx-navo bo‘yicha tadqiqotlar natijalari ushbu gaplar asosli ekanligidan dalolat bermoqda. Masalan, Numbeo.com sayti ma’lumotlariga qaraganda, oziq-ovqat narxlari indeksi bo‘yicha Toshkent 138 ta shahar ichida 135-o‘rinda turadi yoki boshqacha qilib aytganda eng arzon shaharlardan biri hisoblanadi.
Izoh qoldirish