Navoiy viloyati hokimi viloyat aholisiga murojaat qildi

Navoiy viloyati hokimi viloyat aholisiga murojaat qildi

Respublikamizda so‘nggi yillarda tuman, shahar va viloyat hokimlari tomonidan har yilgi amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni hamda kelgusi yilda hududni kompleks rivojlantirishga bag‘ishlangan aholiga murojaatnomalari an’anaga aylanib bormoqda.

Navoiy viloyat hokimi v.b. N.Tursunov Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyatda 2021 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni hamda 2022 yilda viloyatni kompleks rivojlantirish, aholini turmush darajasini oshirish bo‘yicha eng muhim yo‘nalish va vazifalarga bag‘ishlangan murojaatnomasi viloyat tashkilotlari rahbarlari, faol yoshlar, tadbirkorlar, jurnalist va blogerlar ishtirokida hokimlikning facebook rasmiy sahifasida va viloyat telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq tarzda efirga berildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan ushbu murojaatning lingvistik kontent-tahlili o‘tkazildi. Ekspertlar tasviriy ifodalovchi so‘zlar orqali viloyat hokimining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ko‘proq e’tiborni qaysi soha va tarmoqqa qaratayotganini aniqlashdi.

Viloyat hokimi o‘z murojaatida jami 5424 ta so‘zdan foydalangan. Foydalanilgan so‘zlarning eng uzuni 18 ta harf va o‘rtacha 8-9 ta harfni tashkil qiladi. Murojaatnomada eng ko‘p e’tibor qaratgan yo‘nalish – bu aholi”, “mahalla” - 36 marta,ijtimoiy” - 22 marta,mahsulot”, sanoat”, “xizmat”, “ta’lim” - 21 martadan, “yoshlar” – 20 marta, “daftar” – 15 marta, “tadbirkor” - 15 marta, “investitsiya” – 13 marta, “elektr” - 9 marta, “oilaviy” – 9 marta,ichimlik” – 8 marta, “eksport” - 4 marta, “import” – 1 marta, “turizm” – ishlatilmagan, “gaz” – 2 marta.

Viloyat hokimi “aholi” so‘zini ko‘p takrorlaganligining sababi Davlat rahbarining joriy yil 6 noyabrda Prezidentlik lavozimiga kirishishidagi tantanali marosimda – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da asosiy urg‘uni rivojlanishimizning yangi bosqichini “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida tashkil etish va “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyil joriy etilayotganligidir. Shu asnoda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning asosida viloyat aholisiga tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni, har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratib berish turadi.

“Mahalla” so‘ziga e’tibor qaratadigan bo‘lsak viloyatda “Mahallabay” ishlash asosida, har bir tuman va shaharda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlangan. Davlatimiz rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalq uchun xizmat qilish kerak” - degan tashabbuslari va har doim pastga tushib, mahallabay yurib, xalqga yaqin borish, ularni dardini, muammosini eshtish kerak deb ta’kidlaganlari viloyat rahbarlari uchun dasturi amal hisbolanadi. Viloyat, shahar, tuman hokimlari, sektor rahbarlari, tashkilot va muassasa rahbarlari tomonidan joylarda joriy yilda 35 marotaba samarali sayyor qabullar, uchrashuvlar o‘tkazib, ularda 890 dan ortiq masalalar ko‘tarilgan.

Kelgusi yilda ham bu ishlar davom ettirilib majlislarni mahallaning o‘zida o‘tkazib, masalalarni joyida muhokama qilish tizimi joriy etiladi.

“Mahsulot”, “sanoat”, “eksport”, “xizmat” yo‘nalishlari bo‘yicha joriy yil davomida viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 106,2 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 106,9 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 103,7 foizga, qurilish-pudrat ishlari 103,2 foizga, xizmatlar hajmi 120,9 foizga o‘sishi va aholi jon boshiga nisbatan esa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2020 yilga nisbatan 4,5 mln so‘mga oshib 66,3 mln so‘mni tashkil etishi yoki 107,0 foizga o‘sishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 1,0 mln so‘mga oshib 12,0 mln so‘mni (103,4%), chakana savdo aylanmasi 1 mln so‘mga oshib 8,8 mln. so‘mni (113,6%), xizmatlar hajmi 1,7 mln so‘mga oshib 7,1 mln so‘mni (118%) tashkil etishi kutilmoqda.

2022 yilda esa yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 54,8 trln. so‘mni tashkil etishi va o‘sish sur’ati 105,6 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 94,7 trln. so‘mga va o‘sish sur’ati 107,3 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 12,7 trln. so‘mga va o‘sish sur’ati 102,8 foizga, qurilish ishlari 4,7 trln. so‘mga va o‘sish sur’ati 104,3 foizga, xizmatlar hajmi 11,1 trln so‘mga va o‘sish sur’ati 150 foizga o‘sishiga erishishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 2022 yilda mahalliy sanoatni rivojlantirish borasida qiymati 5,3 trln. so‘mlik 729 ta hududiy investitsiya loyihalari shakllantiriladi, ular hisobiga 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shular bilan birga, 2022 yilda 278,5 mln dollar miqdorida investitsiyalar o‘zlashtiriladi. Zarafshon shahar, Konimex, Qiziltepa, Navbahor va Uchquduq tumanlarida 1 tadan, jami 24 gektar yer maydonida 5 taKichik sanoat zonalari” tashkil etilib, zaruriy kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.

Byudjetga 2811,6 mlrd so‘mlik tushumlar tushishi, shundan mahalliy byudjetga 1939,3 mlrd so‘m tushumlar tushirish hamda viloyat ixtiyoriga 140 mlrd so‘m erkin qoldiq mablag‘lari qolishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, kelgusi 2022 yilda byudjet daromadlari ham 3,1 trln so‘m, mahalliy byudjet daromadlari esa 2,2 trln so‘mga yetkaziladi.

Joriy yilda, ishsizlik darajasini kamaytirish borasida 18680 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, bandlik dasturining ijrosi 105 foizga bajarilishi, aholining ishsizlik darajasi yil boshidagi 8,0 foizdan 6,0 foizga kamayishi kutilmoqda.

2022 yilda 60845 nafar ish o‘rinlariga ehtiyoj kutilmoqda, 60486 nafar aholi bandligi ta’minlanadi 560 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va boshqa chora-tadbirlar natijasida kelgusi yilda ishsizlik darajasini 5,3 foizgacha pasaytirilishiga erishiladi.

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturiga asosan, jami qiymati 3088,9 mlrd so‘mlik 1015 ta loyihalar ishga tushirilib, ularning evaziga 8103 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Viloyatda 183,3 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2020 yilga nisbatan 109 foizga o‘sishi, 177,5 mln. dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, uning hajmi 127 foizga va eksportyor korxonlar soni esa 12 taga oshishi kutilmoqda.

2022 yilda esa mahalliylashtirish dasturi doirasida loyiha qiymati 3052,0 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan korxonalar tomonidan 116 turdagi mahsulotlar mahalliylashtirilishi hamda 940,0 mlrd. so‘mlik import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi, bularning hisobiga 2 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda 87,8 mln. dollar miqdorida valyuta tejalishiga erishish rejalashtirilgan.

Joriy yilda "Temir daftar" ga kiritilgan 19378 ta oilaga hamda "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan jami 48 ming nafardan ziyod fuqarolarga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatilib, jami ushbu yo‘nalishga mahalliy byudjetdan 33,7 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.

2021 yil 1 dekabr holatiga “temir daftar”dagi ehtiyojmand oilalar tarkibida bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsizlarning 22919 nafari (99,5%) bandligi ta’minlandi.

"Yoshlar daftari" bo‘yicha 2022 yilda 5,0 ming yoshlar tadbirkorlikka o‘qitiladi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 6,0 mlrd. so‘m miqdorida subsidiyalar ajratiladi. Xotin-qizlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12 mingga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.

Kambag‘allik darajasini qisqartirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 19377 ta ehtiyojmand oilaning (19582 ta kambag‘al oilalarga nisbatan) yoki “temir daftar”dagi oilalarning 99 foizi kambag‘allikdan chiqarildi.

Viloyatda aholini turmush darajasini oshirish maqsadida, joriy yilda 756 km ichki yo‘llar ta’mirlanib, 14 foiz ichki yo‘llarning ahvoli yaxshilandi, 232 km ichimlik suv tarmog‘i qurilib, ta’minlanganlik darajasi yil boshiga nisbatan 66,1 foizdan 70,4 foizga yetdi.

2022 yilda esa 365,2 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga 1151 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bajariladi. "Obod qishloq" dasturlari doirasida 63,0 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 242,4 km ichimlik suv tarmoqlari hamda 15 ta suv inshootlari quriladi, 32,7 mlrd so‘m evaziga "Investitsiya" dasturi doirasida 106,3 km ichimlik va 46 km oqava suv tarmoqlari tortiladi.

Elektr ta’minoti bo‘yicha joriy yilda 986,7 km tarmoq va 210 dona transformator punktlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 17 mingdan ortiq oilalar, 1,5 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’yetlari hamda 400 dan ortiq ijtimoiy soha muassasalarining elektr ta’minoti yaxshilandi.

2022 yilda esa 974,7 km ma’nan eskirgan elektr tarmoqlarini yangilash, 253 dona transformatorlarni hamda 3 dona podstansiyalarni yangidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun 187,8 mlrd so‘m mablag‘ sarflanadi.

Uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ham shu yilning o‘zida 3 ming 629 xonadonli ko‘p qavatli uylar qurildi, natijada 15 ming nafardan ortiq aholi uy-joy bilan ta’minlandi.

Ijtimoiy soha infratuzilmasini yaxshilash maqsadida joriy yil davomida jami 363 ta ob’yektlarda, jumladan 13 ta bog‘cha, 224 ta maktab, 13 ta tibbiyot hamda 113 ta boshqa ijtimoiy soha muassasalarida qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ushbu maqsadlarga 312 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirildi.

Viloyat hokimining murojaatida “ta’lim” so‘zini ko‘p marotaba takrorlaganligini sababi qo‘yidagilarda o‘z aksini topgan, ya’ni maktabgacha ta’lim sohasiga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘ 2021 yilda 257,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, joriy yilning o‘zida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 1151 ga yetdi va qamrov darajasi 87,2 foizga yetkazildi.

2022 yil yakuni bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimida jami 167 ta, xususan 8 ta davlat, 2 ta xususiy, 7 ta yirik davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 150 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, shuningdek 12 ta mobil va 51 ta bepul bir yillik majburiy ta’lim guruhlarini tashkil etish orqali qo‘shimcha 6424 ta yangi o‘rin (quvvat)lar yaratish, qamrov darajasini qo‘shimcha 6,4 foizga oshirib, 93,6 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Umumta’lim maktablarida esa kompyuter uskunalari bilan ta’minlanishi hamda optik tolali tez Internet 100 foizga yetkazildi, viloyatdagi umumta’lim bitiruvchilarining 7,8 ming nafari yoki 61 foizi oliy ta’lim talabalari bo‘lishdi.

2022 o‘quv yilida maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichi 63 foizga yetkaziladi.

Sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha viloyatga 54 nafar xorijlik mutaxassislar taklif qilinib, ular bilan hamkorlikda 100 dan ziyod murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Tizimga joriy yilda ushbu maqsadlar uchun 606,5 mlrd so‘m hamda dori-darmon ta’minoti uchun 30,4 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.

2022 yilda 16 ta yangi oilaviy shifokorlik punkti hamda 4 ta oilaviy poliklinikalar tashkil etiladi.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida jami 42 ta klasterlar faoliyat olib borayotgan bo‘lib, kelgusi yilda ular soni 50 taga yetkaziladi. Jumladan, paxtachilik yo‘nalishida yangidan 4 ta klasterlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularda 3,5 ming nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. G‘allachilik yo‘nalishida klasterlar tomonidan umumiy qiymati 18,5 mlrd so‘mlik 3 ta ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilib, ular hisobidan 100 ga yaqin ish joylari tashkil etiladi.

2022 yilda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan klaster korxonalari soni yana 4 taga ko‘payib, klaster korxonalari 11 taga yetkaziladi va 150 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish maqsadida kelgusi yilda 22 ta qishloq va mahallalar tanlab olinib, ularda 326,7 mlrd so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilishi ko‘zda tutilgan. Bunda, 361,4 km avtomobil yo‘llari, 242 km ichimlik suv tarmoqlari, 24,5 km gaz tarmoqlari, 364 km elektr tarmoqlari tortilishi hamda 23 ta maktab, 12 ta MTT, 10 ta tibbiyot hamda 13 ta mahalla binolari qurilishi va ta’mirlanishi rejalashtirilgan.

Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil kuz va 2022 yil bahor mavsumlarida 14,1 mln dona manzarali, mevali daraxt va butalar ko‘chatlari hamda qalamchalarini ekish rejalashtirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar