Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda xizmatlar sohasining umumiy hajmi 8 800,3 mlrd. so‘mni, shu jumladan, kichik tadbirkorlik sohalarida ko‘rsatilgan xizmatlar – 56,4% va jami korxonalarda xizmatlar sohasidagi korxonalar ulushi 70,4% tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 113%ga o‘sishga erishdi.
Hisobot davrida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Navoiy (114,6%), G‘ozg‘on (113,9%) shaharlari va Karmana (114%) tumanida kuzatilgan bo‘lsa, Zarafshon (110,1%) shahri, Tomdi (110,3%) va Nurota (110,3%) tumanlarida aksincha, o‘sish sur’atlari pastligi qayd etilgan.
Shahar va tumanlar kesimida xizmatlar sohasining eng yuqori hajmi Navoiy (3 644,0 mlrd. so‘m) va Zarafshon (1 092,8 mlrd. so‘m) shaharlari, Karmana (1 260,6 mlrd. so‘m) va Qiziltepa (765,9 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha eng kam hajmga ega hududlarga G‘ozg‘on (26,1 mlrd. so‘m) shahar va Tomdi (89,2 mlrd. so‘m) tumanini keltirib o‘tish mumkin.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlarining hajmi 8 147,7 ming so‘mni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 111%ga o‘sishga erishdi.
Hisobot davrida xizmatlar sohasining asosiy turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari quyidagicha aks etdi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 358,1 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 2 166,5 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 1 309,4 mlrd. so‘m, shundan avtotransport xizmatlari 1 173,9 mlrd. so‘m, Yashash va ovqatlanish xizmatlari 578,5 mlrd. so‘m, Savdo xizmatlari 2 524,4 mlrd. so‘m, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 178,6 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 323,5 mlrd. so‘m, sog‘liqni salash sohasidagi xizmatlar 113,3 mlrd. so‘m, ijara xizmatlari 109,4 mlrd. so‘m, kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 126,2 mlrd. so‘m, shaxsiy xizmatlar 249,1 mlrd. so‘m, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 421,1 mlrd. so‘m va boshqa turdagi xizmatlar 342,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
G‘olibjon Tursunqulov
Izoh qoldirish