2023 yil yanvar- sentyabr oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 029,8 mln. dollarga yetdi va 2022 yilning yanvar- sentyabr oylariga nisbatan 139,5 mln. dollarga yoki 15,7% ga o‘sgan. Eksport hajmi 499,1 mln. dollarga va import hajmi 530,7 mln. dollarga yetdi.
Navoiy viloyati jahonning 66 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Fransiya (29,8%), Rossiya Federatsiyasida (16,2%), Xitoy Xalq Respublikasida (14,7%), Qozog‘istonda (5,1%) va Hindiston (4,7%) qayd etilgan.
2023 yilning yanvar- sentyabr oylarida, Navoiy viloyati tashqi savdo aylanmasining 23,6% ulushi MDH davlatlariga to‘g‘ri kelgan.
Viloyatning boshqa xorijiy davlatlar bilan TSA 2023 yilning yanvar- sentyabr oylarida 2022 yilning mos davriga nisbatan 41,3% ga ko‘paydi va jami TSAdagi ulushi 76,4% ni tashkil etgan.
Viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Navoiy shahri 63,0 % bilan 648,3 mln. doll. tashkil etdi. Viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng quyi ulushni Tomdi tumani 0,1 % bilan 1 046,7 ming AQSh dollarini tashkil etdi
Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish