Navoiy viloyati sanoat sohasining 2023 yil yanvar-sentyabr bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlandi

Navoiy viloyati sanoat sohasining 2023 yil yanvar-sentyabr bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlandi

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 73 trln.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 105,8%, respublikadagi ulushi 16%ni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori ko‘rsatkichlari Navoiy shahrida (393,6 mln. so‘m), Karmana (48,9 mln. so‘m), Konimex (13,8 mln. so‘m), Gozg‘on shahrida (9,23 mln. so‘m) to‘g‘ri keladi.

Viloyatda jami sanoat ishlab chiqarishidagi yuqori ulush Navoiy shahri (85,1%), Karmana (9,2%), Qiziltepa (1,8%), Navbahor (0,9%) hamda Xatirchi (0,8%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 9 029,3 mlrd. so‘m yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 12,4%ni tashkil etgan.

Hisobot davrida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 59,1 trln. so‘m yoki jami sanoat mahsulotlarining 80,9%ni tashkil etgan.

2023 yilning yanvar-sentyabr oylariga ko‘ra, sanoatdagi metallurgiya sanoatining ulushi 75,4%, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,9%ga o‘sgan, oziq-ovqat ulushi 3,0%, o‘tgan yilga nisbatan 13,3%ga oshgan, to‘qimachilik mahsulotlari ulushi 2,1%ni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 15,2%ga o‘sgan.

Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi Karmana tumanida 3 946,0 ming so‘mni, Navoiy shahrida – 3 305,2 ming so‘mni, Qiziltepa– 2 667,5 ming so‘mni, Navbahor tumanlarida – 2 636,5 ming so‘mni hamda Zarafshon shahrida – 2 376,0 ming so‘mni tashkil etgan.

Iste’mol mahsuloti ishlab chiqarilishining viloyat hajmidagi eng yuqori ulushi Karmana tumanida 18,6%, Navoiy shahrida – 18,0%, Xatirchi tumanida - 15,6% va Qiziltepa tumanida 14,7%ni tashkil etgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Ardasher Murtazayev

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar