Navoiy viloyatida 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida 15 776,4 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 110,7%ni tashkil etgan. Ularning 75,1% (7 389,2 mlrd. so‘m) jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 24,9% (2 445,0 mlrd. so‘m) moliyalashtirilgan.
Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur’atlarini moliyalastirish manbalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 7 991,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 7,3% ga ko‘paygan.
Asosiy kapitalga investitsiyalar 55,5%ni (8 750,9 mlrd. so‘m) mashina, uskuna va inventarlar tashkil etgan, qurilish-montaj ishlari 40%ni (6 308,8 mlrd. so‘m) va boshqa xarajatlar 4,5%ni (716,7 mlrd. so‘m) tashkil etgan.
Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich G‘azg‘on shahrida kuzatildi – 76,5% (225,7 mlrd. so‘m). Qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng quyi daraja Tomdi tumanida kuzatilib, 19,9 % (699,0 mlrd. so‘m)ni tashkil etdi. Tomdi tumanida mashina, uskunalar va inventarlarga xarajatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich – 77,0 % yoki 2 699,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish