2022 yil yakunlariga ko‘ra Navoiy viloyati YaHM hajmi 66 685,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5% ga o‘sgan, shuningdek, YaIM tarkibida viloyatning hissasi 7,5%ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 63 832,1 ming so‘mni tashkil qilgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4% ga oshgan).
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 98,1%ini tashkil etgan bo‘lsa, mahsulotlarga sof soliqlar esa 1,9%ini tashkil etgan.
YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 73,3% (2021 yilda 72,8%), qishloq xo‘jaligi ulushi 13,9% (2021 yilda 14,9%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 12,8% (2021 yilda 12,3%)ni tashkil qilgan.
Respublika makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining shakllanishida viloyatning hissasi ahamiyatli hisoblanadi. YaIMda viloyatning hissasi 7,5%ni tashkil etib huddudlar ichida 3-o‘rin, respublika sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hissasi 15,3%ni tashkil etib 3- o‘rin, asosiy kapitalga investitsiyalar kiritish 7,2%ni tashkil etib 5-o‘rinni egallagan.
2022 yilda kichik tadbirkorlikning hajmi 17,6 trln. So‘mni tashkil etib(2021 yilda 15,6 trln.), YaHMdagi ulushi 26,8%ni tashkil qildi(2021 yilda 27,1%) Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan bog‘liq.
Izoh qoldirish