Nima uchun kalava iplarning narxi oshmoqda?

Nima uchun kalava iplarning narxi oshmoqda?

O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperativlari tizimi yaratildi va muvaffaqiyatli ishlamoqda, ular tomonidan fermerlar bilan shartnomaviy munosabatlar doirasida 2020 yilda 2,7 million tonna paxta (yoki 1 million tonnaga yaqin paxta tolasi) yetishtirildi. Respublikada 155 ta yigiruv fabrikasi mavjud bo‘lib, ulardan 89 tasi klaster tizimida ishlaydi, deyiladi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabarida.

2020 yil 31 dekabr holatiga fermer xo‘jaliklari oldidagi qarzdorlikni o‘z vaqtida yopish (250 million dollardan ortiq) va 40 ming fermer xo‘jaligining (8 oy davomida to‘qimachilik sanoatining asosiy xom ashyosi bo‘lgan paxta yetishtirgan) moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun kalava-ip ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini oldindan to‘lov bilan sotishga majbur bo‘ldilar.

Yigiruv korxonalari 2020 yilning so‘ngi oylariga kadar ip kalavani korxonani saqlab qolish, yaratilgan ish o‘rinlari yo‘qotmaslik maqsadida arzon (ba’zi xollarda tannarxdan xam kam) narxlarda sotishga majbur bo‘lishdi.

Bundan tashqari, yigiruv korxonalari yuqori sifatli kalava-ip ishlab chiqarish uchun zamonaviy quvvatlarni yaratish uchun olingan millionlab dollarlik kreditlarga qaytarmoqdalar (2020 yilda, Hukumat va banklar ko‘magi bilan past narxlar davrida korxonalar ishlab chiqarishni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi).

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi mutaxassislari tomonidan so‘nggi oylarda kalava-ipni (20 ming tonnadan ziyod) «qo‘lda ishlash» rejimida ichki bozorga yetkazib berishni ta’minlash choralarini ko‘rmoqdalar.

Hozirda Uyushma tomonidan tarmoq korxonalaridagi vaziyatni tartibga solish va ishlab chiqarishni to‘xtab qolmasligini oldini olish uchun Tezkor shtab tashkil etildi.

Har kuni shtab korxonalarning ipga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganadi, xomashyo izlash va sotib olishga ko‘maklashib kelmoqda (quyida keltirilgan raqamlar orqali Operativ shtab bilan bog‘lanishingiz mumkin).

O‘tgan hafta davomida 2770 tonnadan ortiq kalava-ip sotib olishga yordam qilindi.

Shu bilan birga, kalava-ipni sotib olish uchun moliyaviy resurslarni ta’minlash maqsadida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi bilan birgalikda eksport shartnomalari va akkreditivlari, QQSni qaytarish evaziga eksportgacha moliyalashtirish masalalarini hal qilishda yordam berish imkoni yaratildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar