Obid Hakimov 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining mazmun mohiyati to‘g‘risida gapirdi (+video)

Obid Hakimov 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining mazmun mohiyati to‘g‘risida gapirdi (+video)

Biz 2017-2021 yillar uchun ishlab chiqilgan O‘zbkiston Respublikasining ilk Strategiyasini mana yakuniga yetyapmiz. Bu Strategiyani natijalari nima bo‘ldi deydigan bo‘lsak, iqtisodchi sifatida shuni aytishim kerakki, eng avvalo yalpi ichki mahsulotimiz 24 foizga, sanoat mahsulotlarimiz 34 foizga oshdi.

Eksport tovar va xizmatlarini qaraydigan bo‘lsak, bir yarim barobarga va bundan tashqari milliardlab investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb qilishga erishdik va mana shuni natijasida haqiqatdanam O‘zbekistonning iqtisodiy holatida keskin burilish sodir bo‘ldi desak, bu xato bo‘lmaydi. Va mana shu qilinayotgan islohotlarni yana davom ettirgan holda biz 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi Strategiyani xalq muhokamasiga qo‘yish arafasida turibmiz.

Bu Strategiya davlatimiz rahbari o‘sha o‘zlarini saylov oldi dasturlarida aytib o‘tganlaridek, mamlakatimiz iqtisodiyotida jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulotni 1700 dollardan 2800 dollargacha yetkazish, ya’ni 60 foizga o‘stirish va undan tashqari sanoat mahsulotlarini 40 foizga o‘stirish va yuzlab yana milliardlab investitsiyalarni jalb qilish kabi katta bir maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan Starategiyadir.

Bu Strategiyani iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, biz hozir iqtisodiyotimizni dadil bir yo‘lga qo‘yib oldik, bu keyingi 5 yilda iqtisodiyotimizdagi yanayam jahon iqtisodiyotida raqobatbordosh bo‘la oladigan mamlakatimiz iqtisodiyotini shu samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bu nima degani, masalan aytaylik, mamlakatimizda eng oldi energiya samaradorligini oshirish va yoki bo‘lmasa mehnat unumdorligini oshirish yoki suvdan foydalanish texnologiyasini joriy etish orqali mamlakatimiz, mintaqamizda haqiqatdanam dolzarb bo‘lib turgan suv yoki iqlimni kuchayishi bilan bo‘ladigan muammolarni oldini olish bizning oldimizda turgan vazifalardan biri. Buning natijasida faqatgina o‘sha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni oshiribgina qolmasdan, demak yana mamlakatimiz iqtisodiyotini mintaqada yoki jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rnini topishiga yoki raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladigan katta bir chora-tadbirlar dasturini o‘z ichiga qamrab olgan Strategiya bo‘ladi.

Sanoat bu rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnat unumdorligini o‘stirishga eng katta turtki beradigan sohalardan biri hisoblanadi. Masalan, mana shu sanoat sohasini qaraydigan bo‘lsak, birgina misni qayta ishlash sanoati sohasida ham keyingi 5 yilni ichida 8 mlrd dollarlik mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan katta loyihalarni amalga oshirish. Mana yaqinda ko‘rib o‘tdik, Olmaliq kon metallurgiya kombinatini kengaytirilishi yoki bo‘lmasa aytaylik yoqilg‘i energetika sohasida mana shu GTL zavodimizni yangi ishga tushishi va undan tashqari eng katta o‘sha sanoatimizda keskin o‘zgarish qiladigan sohalardan biri ximiya sanoatida 2,5 mlrd dollarlik yangi loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi bir ximiya sanoati klasterlari amalga oshiriladi. Undan tashqari, masalan, aytaylik elektrotexnika sanoatida katta chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan va hozirda mamlkatimiz iqtisodiyotini bir ustivor, aytadigan bo‘lsak solishtirma afzallikka ega bo‘lgan sohalardan bittasi bu tekstil, ya’ni to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ham juda katta chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Va bunga turtki beradigan qishloq xo‘jaligi sohasini kelgusida hosildorligini yoki qishloq xo‘jaligida har bir gektardan oladigan daromadlarimizni ikki barobardan oshirish va o‘rtacha har yili qishloq xo‘jaligi sohasini kamida 5 foizga o‘stirish kabi maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Bu dasturlarni ishlab chiqishda yuzlab davlat vazirliklari, agentliklari va qo‘mitalari orasida mukammal ravishda ishlab chiqilgan dastur bo‘ldi. Bundan tashqari har bir dasturni sanoat sohasi bo‘yicha deymizmi yoki bironta boshqa sohalar bo‘yicha ishlab chiqarilgandan tashqari bu har bitta o‘sha qilinadigan ishlar hududlar kesimida hududlar bilan o‘sha mahalliy davlat organlari bilan ham bevosita kelishilgan, har tomonlama mantiqiy bir biriga bog‘liq bo‘lgan dastur sifatida ishlab chiqildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar