Obodlik sari yuzlanayotgan “Jo‘raobod” mahallasi

Obodlik sari yuzlanayotgan “Jo‘raobod” mahallasi

Bugungi kunda mazkur hududda 220 ta xonadon mavjud bo‘lib, unda 1 mingdan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. 50 yildan buyon “Jo‘raobod” mahallasi qarovsiz, oddiygina sharoitlarga ham ega emasdi. Bugun respublika miqyosidagi idora va vazirlik vakillari bilan mahalliy aholi ham bir maqsadda, obodlik va bunyodkorlik harakatlariga bosh qo‘shmoqda.

Xususan, qishloq ichki infratuzilmasini yaxshilash maqsadida markaziy yo‘lning 4 km qismi asfalt qoplamasi bilan kapital ta’mirlash uchun tayyorlandi va ushbu yo‘l yoqasidagi notekis joylarning 5 ming metr kvadratdan ziyod qismi tekislandi. Shuningdek ichki ko‘chalarning 1,6 km qismiga shag‘al yotqizildi. Karta usulida 3 qismiga asfalt yotqizildi. 780 metr piyodalar yo‘lagiga beton qorishmasi quyildi. Undan tashqari ichki ko‘chalarning 2 km uzunlikdagi qismiga quyosh nuridan quvvat oladigan tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

Aholiga elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida qishloqda yaroqsiz holatga kelib qolgan 165 ta simyog‘och ustunlari yangi temir beton ustunlarga almashtirildi, mavjud 4 ta transformatorlar mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, 12 km.ga yaqin eski elektr tarmoqlari yangi sim kabellariga alamashtirildi.

Ichimlik va ekin uchun suv ta’minotini yaxshilash borasida ham ishlar jadal amalga oshirilmoqda. Jumladan, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha rejadagi 5 km tarmoqning 1 500 metr qismi yotqizildi, mavjud 3 ta suv inshooti kapital ta’mirlandi. Hududdagi 4,7 km uzunlikdagi ariq-zovurlarning 3,1 km qismi tozalandi hamda aholi tomorqalariga jami 5 km.ga yaqin uzunlikdagi oqava suv yo‘llari ta’mirlandi yoki yangidan ochildi.

Natijada, 220 ta xonadonlarda jami 12.7 gektarni tashkil etuvchi tomorqalarni sug‘orish imkoni paydo bo‘ldi. Hozirda ushbu maydonlarning 8.7 gektariga “to‘qsonbosdi” ekinlar ekildi.

Rejada qishloqda yana 10 ta tik quduqlarni o‘rnatish hamda hududdagi “Chillisoy” kanaliga suv nasosini o‘rnatish orqali fermer va dehqon xo‘jaliklari yerlarini sug‘orish tizimini yaratish loyihalari belgilandi.

Bundan tashqari, hudud infratuzilmasi hamda ahli turmush tarzini tubdan yaxshilash maqsadida “Jo‘raobod” mahallasi uchun zamonaviy xizmat binosi, uning yonida avtobekat hamda aholiga sartaroshlik, ayollar go‘zallik saloni, maishiy texnikalarni sozlash, savdo do‘konlari kabi qator xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish bo‘yicha zamonaviy shaharsozlik qoidalari asosida 4 ta kompleks loyiha ishlab chiqilib, viloyat tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilishi boshlandi.

Bundan tashqari, qishloqda 300 o‘rinli yangi, barcha ta’lim talablariga javob beradigan maktab va sport zalini qurish, mavjud 30-maktabda joylashgan eski bog‘cha binosini kapital ta’mirlash va unda zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

Shu bilan bir qatorda qishloq hududida vorkaut maydonchasini qurish bo‘yicha ishlari amalga oshirildi, “kurash” sport turiga ixtisoslashgan klub hamda bolalar maydonchasini ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha ishlari amalga oshirildi.

Qishloqdagi tibbiyot punkti joriy ta’mirlandi, xususan uning shift qismi almashtirildi, yoritish chiroqlari va konditsioner o‘rnatildi, shuningdek punkt dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlandi, tomorqasida gulxona tashkil qilindi. Internet aloqasi o‘rnatilib, aholining elektron ro‘yxati shakillantirildi. Amaliyot va potronaj xamshiralari doimiy faoliyat boshladi.

Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar